4. Usimta va uning kesish jarayoniga ta‘siri
Plastik va qovushoq metallarni ma„lum sharoitda kesib ishlashda keskichning oldingi
yuzasida kuchli deformatsiyalangan metall zarralarining bir qismi keskichga payvandlanib
qoladi (9-shakl), bunga
o‟simta
deyiladi.
46-rasm
Struktura jixatidan olganda, o‟simta yo‟nilayotgan metaldan va qirindidan farq qiladi.
O‟simtaning qattiqligi yo‟nilayotgan metall qattiqligidan 2,5...3 marta katta bo‟ladi. O‟simta
hosil bo‟lishi bilan kesishish burchagi kichrayadi. O‟simta keskichning kesuvchi qirrasining
kesish issiqligi ta„siridan va yeyilishdan saqlaydi. Kesish jarayonida qirindi keskichning oldingi
yuzasiga emas, balki o‟simta qatlamiga tiraladi. Ishqalanish kuchi ta„siri ostida o‟simta
yemiriladi.
O‟simtaning bir qismi qirindiga ilashib ketsa, bir qismi yo‟nilayotgan yuzaga yopishadi.
Shundan keyin yana o‟simta hosil bo‟ladi. O‟simta hosil bo‟lishi bilan yo‟nilgan yuza g‟adir –
budur, yulingan bo‟lib qoladi, shu sababli tozalab yo‟nishda o‟simta hosil bo‟lishi
nomaqbuldir. Kichik (3...5 m/min) va katta (70...80 m/min) tezliklar bilan kesishda o‟simta
hosil bo‟lmaydi. Eng katta o‟simta 20...30 m/min tezliklar bilan kesishda hosil bo‟ladi. Kichik
tezlikda harorat past bo‟ladi, katta tezlikda metall plastik bo‟lib qoladi, ishqalanish kuchi
kamayadi. Kesish jarayoni uzluksiz bo‟lgan hollarda (frezalashda va randalashda) o‟simta
keskichning kesuvchi qirrasida tutilib qolmaydi, chunki qirindi keskichning oldingi yuzasiga
muntazam qisilgan bo‟lmaydi. O‟simta hosil bo‟lishini oldini olish uchun,
ishqalanish kuchini kamaytirish, keskich oldingi burchagini oshirish, moylash-sovitish
suyuqliklarini ishlatish, keskichning oldingi yuzasini jilolash zurur. O‟simta homaki ishlovlarda
foydali bo‟lib, tozalab ishlov berishda zararlidir.
5. Kesish jarayonida hosil bo’ladigan issiqlik jarayoni
Metallarda kesish jarayonida issiqlik hosil bo‟ladi (47-rasm). Qirindi, keskich va zagatovka
issiqlik ta„sirida qiziydi.
47-rasm
Keskich ma„lum darajagacha qizigach, struktura o‟zgarishlari hisobiga yumshab ishlov berishda
tez yeyiladi. Bu esa zagatovkani ishlash aniqligiga, yuza g‟adir – budurligiga va ishlov
unumdorligiga putur yetkazadi. Shuning uchun ajraluvchi issiqlikning turli tezlikda (metallni
issiqlik o‟tkazuvchanligiga va issiqlik sig‟imiga ko‟ra) qirindiga, keskichga, zagatovkaga,
tashqi muhitga tarqaladi. Issiqlik balansi tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Q
il
+ Q
оl
+ Q
кеt
= Q
qir
+ Q
к
+ Q
z
+ Q
тm
;
Bunda Q
pl
– plastik deformatsiyadan ajraladigan issiqlik;
Q
оl
– qirindining oldingi yuzaga ishqalanishdan ajraladigan issiqlik;
Q
кеt
– Zagatovkaning keskichning ketingi yuzasiga ishqalanishdan chiqadigan issiqlik;
Q
qir
–qirindiga; Q
к
–keskichga; Q
z
–zagatovkaga; Q
тm
–tashqi muhitga o‟tadigan issiqlik
miqdori.
Tadqiqotlarga ko‟ra tokarlik ishlarida ajralayotgan issiqlikning 50...80% qirindiga,
10...40% keskichga, 3...9% zagatovkaga o‟tadi va 1% nurlanish orqali tashqi muhitga tarqaladi.
Kesish tezligining va surish qiymatining oshishi, kesish chuqurligining ortishiga nisbatan
keskichning qizishiga kuchliroq ta„sir ko‟rsatadi. Buning sababi shundaki, kontakt yuzasida
ajraluvchi issiqlik miqdori ortishi bilan bir vaqtda keskich tig‟iningi ishlanayotgan metallga
kontakt uzunligi ham ortadi. Demak, metallarni kesib ishlashda ish unumdorligini oshirish
uchun kesish yuzasi qiymatini kesish chuqurldigi hisobiga orttirish maqsadga muvofiqdir.
Metalarni kesish jarayonida sarflanuvchi hamma mexanik ish issiqlikka aylanadi. Kesishga
sarflanadigan ish qiymati (A) quyidagicha ifodalanadi:
А = Р
z
∙ V kg m/min
Bunda Р
z
– kesish kuchi, kg; V – kesish tezligi, m/min. ajraluvchi issiqlikning umumiy
miqdorini esa quyidagicha aniqlash mumkin.
Q = A/427 = P ∙ V/427, kkan/min.
Bunda 427 – ishning issiqlik ekvivalenti, kgm/kkal.
Dostları ilə paylaş: |