Bu
formulalardan foydalanib, bir va ikki komponentli sistemalarning muvozanat
xolatlarini quyidagicha tekshirish mumkin.
Agar
К = 1, Ф = 1
bulsa, 2-
formuladan
С = 1
kelib chiqadi. Bu shuni kо‟rsatadiki,
sistemani shu sharoitda ( ma„lum xaroratda) qizdirish yoki sovutish mumkin, xolos. Bunda faza
о‟zgarmaydi.
Agar
К = 1
va
Ф = 2 bulsa 2-formuladan С = О
kelib chiqadi. Demak, ayni sharoitda
sistema muvozanat holatida bо‟ladi. Fazalar qoidasiga asosan bir komponentli sistemalarning
fazalar soni ikkidan ortiq bо‟lishi mumkin emas.
Endi fazalar qoidasini ikki komponentli Pb-Sb qotishmaning
suyuq holatiga tadbiq etib
kо‟raylik. Agar
К = 2
va
Ф = 1
bulsa,
С = 2
ga teng bо‟ladi. Bu shuni kursatadiki, sistemaning
xarorati va komponentlar kontsentratsiyasini ma„lum chegarada о‟zgartirish mumkin bо‟lib,
faza о‟zgarmaydi.
2.3. Qotishmalarning holat diagrammalari
Qotishmalar holatining xarorat va kontsentratsiyaga qarab о‟zgarishini
yeki biror
qotishmaning kaysi xaroratda qanday vaziyatda bо‟lishini kо‟rsatuvchi diagramma
holat
diagrammasi
deb ataladi.
Qotishmalarning holat diagrammasi ba„zan muvozanat
diagrammasi ham deyiladi,
chunki u ba„zi sharoitda (ma„lum xarorat va kontsentratsiyada) qanday fazalar о‟zaro
muvozanatda bо‟lishligini ifodalaydi.
Ma„lumki, ikki element (masalan, qо‟rg‟oshin bilan surma) suyuqlantirilib, sо‟ngra
sovutilganda mexanik aralashma (qotishma) hosil bо‟ladi. Komponentlari
mexanik aralashma
hosil qiladigan qotishmalarning holat diagrammalari
Dostları ilə paylaş: