О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Mexanikaviy xossalari.
Metall va qotishmalarning tashqi kuchlari ta‟siriga qarshilik 
ko‟rsata olish xususiyati ularning mexanikaviy xossasi deyiladi. Metallning asosiy mexanikaviy 
xossalariga uning mustahkamligi, plastikligi, elastikligi, qattiqligi, zarbiy qovushoqligi kiradi. 
Amalda materiallarning bu mexanikaviy xossalari GOST asosida sinab aniqlanadi.
Mustahkamlik
- metallning kuchlar ta‟siri ostida yemirilishga yoki qoldiq deformatsiya 
paydo bo‟lishiga qarshilik ko‟rsatish xususiyatidir.
Qattiqlik
– metallning o‟zidan qattiqroq jism ta‟siridan sirtqi deformatsiyalanishga
qarshilik ko‟rsatish xususiyatidir.
Elastiklik
- metallning kuch ta‟siri to‟xtatilgach, o‟zining dastlabki shaklini tiklash 
xossasidir.
Zarbiy qovushoqlik
– metallning dinamik yuklanishlar (nagruzkalar) ta‟siridan 
yemirilishga qarshilik ko‟rsatish xossasidir.
g) 
Texnologik xossalari.
Materiallarning sovuqlayin yoki qizdirilgan holda turli 
texnologik ishlovlar (quyish, bolg‟alash, payvandlash, kesib ishlash) ga moyilligi, ularning
texnologik xossalari
deyiladi.
Payvandlanuvchanlik
deb, payvanlanadigan sirtlarning plastik yoki suyuq holatgacha 
qizib, ajralmas mustahkam birikmalar hosil qila olish xususiyatiga aytiladi.
Bolg’alanuvchanlik
deb, metallning bosim ostiga bolg‟alanib va prokatlanib 
ishlanuvchanlik xossasiga, ya‟ni qizdirilgan holatga yoki sovuqlayin zarb yoki bosim ta‟sirida 
kerakli shaklga kirish xususiyatiga aytiladi.
Ishlanuvchanlik
deb, metallning kesib ishlov berish mumkinlik xossasiga aytiladi.
Bundan tashqari metallarning bukuluvchanligi, takror bukuluvchanligi kabi xossalari 
ham mavjud va ular maxsus sinash usullari orqali aniqlanadi.
Savol va topshiriqlar: 
1.
Xom ashyo, material va yarimfabrikat tushunchalariga ta„rif bering. 
2.
Materialshunoslik fanining oldiga qо‟yilgan masalalar nimalardan iborat?
3.
Materialning tarkibi, tuzilishi va xossalariga ta„rif bering. 
4.
Metallarda qanday kristall panjaralar bо‟ladi? 
5.
Kristall panjaraning davri va koordinatsion soni deganda nimani tushunasiz? 
6.
H.M.K va Yo.M.K panjaralarning elementar katakchalariga nechtadan atom 
tо‟g‟ri keladi? 
7.
Kristall panjaralarda qanday nuqsonlar uchraydi? 
8.
Allotropiya hodisasini tushuntiring. 
9.
Metallarning birlamchi kristallanishi nima? 
10.
Metallarning qanday xossalarini bilasiz? 
11.
Metallning qattiqligi nima? 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin