О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Real kristallarning tuzilishi. Kristall panjara nuqsonlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

 
Real kristallarning tuzilishi. Kristall panjara nuqsonlari. 
Keyingi yillarda elektron 
mikroskop va rentgen analizlari real kristallarning tuzilishida turli nuqsonlar mavjud bo‟lishini
kо‟rsatdi. Bu nuqsonlar uch guruhga - nuqtaviy, chiziqli va sirt nuqsonlarga bо‟linadi. 
Nuqtaviy nuqsonlarga vakansiyalar, ya„ni kristall panjaraning bо‟sh joylari va oraliq 
atomlar - tugunlar oralig‟iga siljigan atomlar kiradi (2-rasm, 
a
). Bu nuqson metallarda diffuzion 
jarayonlarning kechishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Chiziqli nuqsonlarning eng muhim turi – dislokatsiyalardir (2-rasm, 
b
). Metallning 
atomlar siljigan (sirpangan) sohasi bilan atomlar siljimagan sohasi orasidagi chegara 
dislokatsiya 
deb ataladi. 
Dislokatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri uning zichligidir. Kristallning 1sm
2
yuzasini kesib о‟tgan dislokatsiyalar soniga dislokatsiya zichligi deyiladi. Juda sekin 
kristallanayotgan jismlarning dislokatsiya zichligi 10
2
...10
4
sm
-2 
ga teng. Muvozanatdagi 
polikristallarning dislokatsiya zichligi 10
6
...10
7
sm
-2
ga yetadi Juda katta plastik deformatsiya 
natijasida dislokatsiya zichligi
 
10
8
...10
12
sm
-2
ga yetishi mumkin. 
Kristall jismdagi dislokatsiya panjaraning qiyshayishiga sabab bо‟ladi. Tashqi kuch ta„sirini 
kritik qiymatdan oshirish metallda darz hosil bо‟lishiga sabab bо‟ladi. 
 
a) b) 
2-rasm.Kristall panjarada uchraydigan nuqsonlar: a) vakansiya; b) dislokatsiya. 
Metallarning allotropik shakl o’zgarishlari 
Kristall panjaraning har xil turlarining mavjudligi jismning eng kam ichki potensial 
energiyaga ega bo‟lishi, shu sharoitda jismning ma‟lum bir turg‟unlikka ega ekanligini 
ifodalaydi. Ma‟lum sharoitga ko‟p elementlar K8 elementar katakcha shaklida bo‟ladi, qolgan 
elementlar esa G6 yoki K12 ko‟rinishda bo‟ladi. Lekin kristall panjara turg‟un bo‟lgan 
sharoitda harorat oralig‟i yoki mavjud sharoit o‟zgarsa, yangi turg‟un sharoitga mos bo‟lgan 
kristall panjara turi ham o‟zgaradi. Masalan, birgina temir elementi sharoitga qarab, K8 va 
K12, kobalt elementi K12 va G6 kristall panjaralarga ega bo‟lishi mumkin.
Metallarning turli sharoitda bosim o‟zgarmaganda har xil haroratda turli kristall panjara 
hosil qilish xususiyati 
allotropiya
yoki 
polimorfizm
deyiladi.
Allotropiya so‟zi grekcha 
allos 

boshqa
va 
tropos - burilish
so‟zlaridan tuzilgan bo‟lib, 
ba‟zi kimyoviy elementlarining, jumladan ba‟zi metallarning erkin holatda fizikaviy hamda 
kimyoviy xossalari turlicha bo‟lgan shakllarda bo‟la olishini bildiradi. Polimorfizm so‟zi 
grekcha 
polumorphos - xilma-xil
so‟zidan olingan bo‟lib, ba‟zi metallarning o‟z kimyoviy 
tarkibini o‟zgartirmagan holda har xil kristall shakllarda bo‟la olish xususiyatini bildiradi.


Metallardagi polimorf o‟zgarish izotermik (harorat o‟zgarmasdan sodir bo‟ladigan) 
jarayon bo‟lib, u issiqlik chiqarish yoki yutish xususiyatiga ega. Boshqacha qilib aytganda, 
polimorf o‟zgarishda qayta kristallanish sodir bo‟ladi.
Birgina elementning bir necha turdagi kristall panjara ko‟rinishlari polimorf qatorni 
tashkil qiladi. Bu qator 







…bilan belgilanadi. Metallardan Fe, Sp, Co, Ti va boshqalar 
polimorfizm xossasiga egadir.
Temir 1539 
0
C da kristallana boshlaydi, natijada hosil bo‟lgan kristall panjara turi 
markazlashgan kub katakcha (K8) shaklida bo‟ladi. Demak, 1392 
0
C dan 1539 
0
C gacha K8 
shaklida (

-modifikatsiya) bo‟ladi. Sovish harorati 1392 
0
C ga yetganda kristall katakchaning 
shakli o‟zgaradi (K8→K12), yani polimorf o‟zgarish ro‟y beradi. Harorat 911 
0
C gacha 
pasayganda ya‟na polimorf o‟zgarish ro‟y beradi (K12→K8). Yoqlari markazlashgan (K12) 
kub katakcha ya‟na hajmi markazlashgan (K8) kub katakchaga o‟tadi.
Yoqlari markazlashgan kub katakcha temirning 

-modifikatsiyasi deyiladi, 911
0
C dan 
kichik haroratda hosil bo‟lgan markazlashgan kub katakcha 

-modifikatsiya deyiladi. Demak, 
qizdirilganda ham xuddi shu jarayon qaytariladi (



→δ), 

-hamda 

-modifikatsiyalarning 
kub katakchalari shakli bir xil bo‟lganligi uchun 

-modifikatsiyani yuqori haroratli 

-
modifikatsiya deb ham ataladi.
Metallardagi polimorf o‟zgarishlar faqat o‟zgarmas harorat oralig‟igagina bog‟liq 
bo‟lmasdan, balki y‟uqori bosim ta‟sirida allotropik shakl o‟garishi sodir bo‟lishi mumkin. 
Masalan, bosim ostidagi polimorf o‟zgarishlarni texnikada qo‟llanishiga misol qilib sun‟iy 
olmos olish jarayonini ko‟rsatish mumkin. Uglerod yuqori harorat ta‟sirida olmos 
modifikatsiyasiga o‟tadi. Sun‟iy olmos texnikaning turli sohalarida keng qo‟llaniladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin