О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

 


2-Mavzu:
Qotishmalar nazariyasi asoslari
 
 
2.1. Qotishmalar va ularning tuzilishi 
Ikki yoki о‟ndan ortiq metallning suyuq holatdagi bir jinsli aralashmasi yeki bu 
aralashmaning qotishidan hosil bо‟lgan mahsulot 
Qotishma
deyiladi. Lekin ba„zi 
qotishmalarning tarkibiga nometall elementlar ham ma„lum miqdorda qо‟shilishi mumkin. 
Bunda qotishmaning asosiy metallik xossalari saqlanadi. Sof metallarni ishlab chiqarish
texnologiyasiga nisbatan qotishmalar ishlab chiqarish texnologiyasi oddiy hamda arzondir. 
Qotishmalarning mexanik va texnologik xossalari sof metallarning shunday xossalaridan 
afzaldir. Shuning uchun ham qotishmalar mashina, hamda ularning mexanizmlari, qurilmalar, 
konstruktsiyalarning detallarini tayyorlashda asosiy zarur material hisoblanadi. 
Qotishmalar tarkibidagi metall atomlarining о‟lchami, kristall panjaraning xili
suyuqlanish xarorati, umuman, metall atomlarining uzaro munosabatiga qarab quyidagi turlarga 
bо‟linadi: 
 
1. Mexanik aralashmalar.
Qotishma tarkibidagi metall atomlari kristallanish jaraenida 
о‟zaro bir-birlarini itarsa, atomlari sof metall kristallar hosil bо‟ladi. Bunda kristallar bir-birlari 
bilan kristall yuzalari bilan bog‟lanadi, xolos. Bunday qotishmalar metall kristallarining 
mexanik aralashmalaridan iborat bо‟ladi. Shuning uchun ularni 
mexanik aralashma 
deb 
ataladi. Mexanik qotishma tarkibiga kiruvchi metall atomlarining о‟lchamlari bir-biridan 15 % 
dan kam farq kilmasligi kerak. Qurg‟oshin-surma sistemasi ikki komponentli mexanik 
qotishmaga misol bо‟la oladi. 
 
2. Qattiq eritmalar. 
Qotishmalarning bu turiga kiruvchi qotishmalar suyuq holatda ham, 
qattiq holatda ham bir jinsli bо‟ladi, ya„ni komponentlar bir-birida cheksiz eriydi. Bunday 
qotishmalarda metall atomlari umumiy kristall panjaraga joylashadi, ya„ni eruvchi metallning 
atomlari erituvchi metallning kristall panjaradagi о‟rnini almashadi. Demak, komponentlar 
qattiq holatda ham bir-birlarida cheksiz eriydi. Bunday xossaga ega bо‟lgan qotishmalar 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin