5-rasm. Kristallanishda sovish egri chiziqlari: 1- nazariy egri chiziq; 2- metallarning o‟ta sovib
kristallanish egri chizig‟i; 3 – metallmas materiallarning kristallanish egri chizig‟i.
O‟ta sovutmasdan turib metall kristallanishining ideal jarayoni 1 egri chiziq bilan
tasvirlangan. Bu kristallanishning
nazariy egri chizig’i
hisoblanadi. Amalda kristallanish
boshqacha kechadi, chunki metall qotish haroratida hali suyuq holatda bo‟ladi, kristallanish
ancha past haroratda boshlanadi, ya‟ni kristallanish o‟ta sovish bilan bog‟liq bo‟ladi.
Kristallanishning ideal va haqiqiy haroratlari orasidagi farqqa
o’ta sovish darajasi
deyiladi.
Metallning o‟ta sovish bilan kristallanishiga 2 egri chiziq mos keladi. Metallmas
materiallarning qotish egri chizig‟i 3 bo‟yicha kechadi, unda kristallanishning aniq ajralib
turadigan harorat yo‟q, qotish asta-sekin kechadi.
O‟ta sovish darajasi donlarning o‟lchamlarini belgilovchi muhim omillardan hisoblanadi.
O‟ta sovish darajasi uncha katta bo‟lmaganda markazlarning soni ko‟p emas, lekin
kristallarning o‟sish tezligi katta, shuning uchun sekin soviganda donlar kattalashib boradi.
Sovish tezligi ortsa, kristallarning o‟sish tezligi kamayadi, markazlar soni ko‟payib, donlar
maydalashadi.
Agar suyultirilgan metallga boshqa biron element zarralarini kiritsak, ular qo‟shimcha
kristallanish markazlari vazifasini o‟taydi va mayda donli struktura hosil bo‟lishiga olib keladi.
Chunonchi, suyultirilgan volframga toriy oksidining mayda zarralari kiritilsa, u e„lektr
lampochkani kuyishdan saqlaydi.
Dostları ilə paylaş: