Urilish, urilish chizig'i, absolyut elastik va absolbt noelastik urilish, tiklanish koeffitsiyenti, impuls va energiyaning saqlanish qonunlari, nisbiy harakat tezligi, markaziy va nomarkaziy urilishlar.
Qattiq jism deformatsiyasi Kuch ta’sirida jismning hajmini yoki shaklini o’zgarishiga deformatsiya deyiladi.
Deformatsiya 2 xil bo’ladi:
Elastik deformatsiya. Qattiq jismlarga ta’sir etuvchi tashqi kuch olingandan keyin, jism oldingi shakliga qaytsa, ELASTIKDEFORMATSIYA deyiladi.
Noelastik deformatsiya. Qattiq jismlarga ta’sir etuvchi tashqi kuch olingandan keyin, jism oldingi shakliga tiklamasa NOELASTIKDEFORMATSIYAdeyiladi.
Siqilish va cho`zilish deformatsiyasi
Tajribalar berilgan materialdan yasalgan Sterjenlar uchun elastik deformatsiya vaqtidanisbiy uzayish sterjen ko’ndalang kesim yuziga to’g’ri keluvchi kuchga proporsional ekanligini ko’rsatdi.
(6.1) bu yerda a–elastiklik koeffisiyenti.
Kuchning shu kuch ta’sir etayotgan sirtning yuzasiga nisbati kuchlanish deyiladi.
Agar kuch sirtga o’tkazilgan normal bilan bir xil yo’nalishga ega bo’lsa, normal kuchlanish va urinma bilan bir xil yo’nalishga ega bo’lsa, tangensial kuchlanish deyiladi.