О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Abraziv (jilvirlovchi) materiallar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

3. Abraziv (jilvirlovchi) materiallar 
Abraziv materiallarni qattiqligi ishlov beriladigan detal materialining qattiqligidan katta 
bo‟lishi kerak, aks xolda kesish jarayonini amalga oshirib bo‟lmaydi. Abraziv donalar tabiiy va 
sun„iy jilvirlovchi materiallarni yanchish yo‟li bilan olinadi. 
Hozirgi vaqtda 
tabiy jilvirlovchi
materiallar abraziv jilvirlash asbobi tayyorlash uchun 
qariyib ishlatilmaydi, chunki ularning ksish va mexanikaviy xossalari ancha past.Abraziv asbob 
tayyorlash uchun qo‟ydagi yuqori sifatli sun„iy abraziv materiallardan foydalaniladi; 
Elektrokorund (E). Bu material toza gil to‟proqni elektrpechlarida suyuqlantirish yo‟li bilan 
olinadigan kristall holidagi alyuminiy oksididan iborat. Elektrokorundlar toblanmagan va 
toblangan po‟latga, bolg‟alanuvchan cho‟yanga, yumshoq bronzaga ishlov berishda ishlatiladi. 
Monokorund (M). Bu abraziv material tarkibida 0,9% temir (111)-oksid bo‟lib,undan 
tayyorlangan toshlar kesuvchi asboblarni charxlash va yuzalarning yuqori tozalikda bo‟lishi 
talab etiladigan jilvirlash turlari uchun ishlatiladi. 
Kremniy karbid (karborund). Bu material kremniy bilan uglerodning ximiyaviy birikmasi 
bo‟lib, toza kvarts qumiga neft koksi yoki antratsit qo‟shib, elektr pechlarida 1900...2100
0
С 
haroratda suyuqlantirish yo‟li bilan olinadi. 
Ikki tur kremniy karbid ishlab chiqariladi: 
A) qora tusli kremniy karbid (KCh). Bu bronza, lotun, mis, cho‟yan va plastikligi kam 
boshqa materiallarni jilvirlash uchun ishlatiladi; 
B) yashil kremniy karbid (KZ). Bu materialning mexanikaviy xossalari ancha yuqori bo‟lib, 
qattiq qotishma bilan ta„minlangan har xil kesuvchi asboblarni charxlash va jilvirlash toshlarini 
olmossiz qayrashda foydalaniladi. 
Bor karbid. Bu material texnikaviy borot kislotaga neft koksi qo‟shib, elektr pechlarida 
suyuqlantirish yo‟li bilan olinadi va paroshok tarzida dovodkalash pritirlash ishlarida, qattiq 
qotishma bilan ta„minlangan kesuvchi asboblarni charxlash va qayrash uchun ishlatiladi. 
Bor silikokarbid. Bu abraziv material borot kislota, ko‟mir va qumni elektr yoy pechida 
suyuqlantirish yo‟li bilan olingan. Jilvirlash xossalari jihatidan bor karbidga qaraganda 
afzalroqdir. 
Olmos, asosan, jilvirlash toshlarini qayrashda (utkirlashda, tekislashda), olmosli keskichlar 
tayyorlashda va yuzalarining juda toza,ulchamlarining esa aniq bo‟lishi talab etiladigan 
detallarni jilvirlashda ishlatiladi. 
Donadorlik deganda abraziv materiallar maydalanganda hosil bo‟ladigan donalarning 
o‟lchami tushiniladi. 
Bog‟lovchi material –jilvirlash asbobiga shakl berish uchun abraziv donalarni bir-biriga 
tsementlovchi modda. Sanoatda eng ko‟p ishlatiladigan bog‟lovchi materiallar qo‟yidagilardir: 
1) anorganik moddalar - keramik, silikat va magneziol bog‟lovchilar. 
2) organik moddalar - vulkanit va bakelit bog‟lovchilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin