Uglerod va doimiy qо’shimchalarning pо’lat xossalariga ta‘siri Tarkibida 2,14 % gacha uglerodi bо‟lgan temir - uglerod qotishmalari uglerodli
pо‟latlar deb ataladi.
Uglerodli pо‟latlar tarkibida ugleroddan tashqari kremniy, marganes, oltingugurt, fosfor,
azot, kislorod, vodorod kabi elementlarning qо‟shimchalari bо‟ladi va ular
doimiy qо‟shimchalar deb ataladi. Ular foydali (marganes, kremniy) va zararli (S, P, N, O, H)
qо‟shimchalar guruhlariga bо‟linadi.
Uglerod - asosiy qо‟shimcha sanaladi. Uglerod pо‟latning mexanik xossalariga kuchli
ta„sir kо‟rsatadi (11 - rasm).
Tarkibida uglerodning ortishi bilan pо‟latning qattiqligi (НВ), mustahkamligi (
в
) ortib
boradi, zarbiy qovushoqligi (а
н
), hamda plastikligi (
,
) esa kamayadi. Shuningdek, issiqlik va
elektr о‟tkazuvchanligi, magnitlanish xususiyatlari ham kamayadi.
Uglerod miqdori ortishi bilan pо‟latning kesib ishlanuvchanligi, toblanuvchanligi
yaxshilanadi, payvandlanuvchanligi esa pasayadi.
Zararli elementlar pо‟lat xossalariga salbiy ta„sir kо‟rsatadi. Bu qо‟shimchalar ta„sirida
pо‟latning issiq va sovuq holatdagi mо‟rtligi ortadi, plastikligi va qovushoqligi kamayadi.
Lekin ba„zi vaqtlarda pо‟lat tarkibidagi fosfor miqdori oshiriladi. Chunki, fosfor qо‟shilganda
pо‟latni kesib ishlash osonlashadi, mis bilan birgalikda pо‟latning korroziyabardoshligini
oshiradi.
Оltingugurt - pо‟latda
FeS holida bо‟ladi. U temir bilan 988
о
С
da suyuqlanadigan
evtektika (
Fe + FeS ) hosil qiladi va pо‟lat kristall donlarining chegaralarida joylashadi.
Bunday pо‟latlar qiziganda mо‟rt bо‟lib qoladi. Bundan tashqari oltingugurt pо‟latning
plastikligini, zarbiy qovushoqligini, chidamliligini, payvandlanuvchanligini, korrozion
mustahkamligini kamaytiradi. Pо‟latda oltingugurtning miqdori 0,05 % dan oshmasligi kerak.
11 - rasm. Pо‟latning mexanik xossalariga uglerodning ta„siri.
Pо‟lat uchun zararli hisoblanuvchi azot va kislorod elementlari pо‟lat tarkibida, asosan,
oksidlar (