Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q
Diffuzion kremniylash (silitsiylash) usuli pо‟latlarning ishqalanib yeyilishga
chidamliligini oshirish, korroziyabardoshligi va kislotabardoshligini yaxshilash maqsadida
amalga oshiriladi.
Qattiq muhitda kremniylash uchun 60% ferrosilitsiy, 38...39% glinozem iborat
aralashmadan foydalaniladi, buyumnmng 0,2...0,8 mm sirtqi qatlami kremniyga tо‟yinadi
(harorat 1100...1200
0
C).
Gaz muhitida kremniylash uchun kremniy xloridi 950...1050
0
C gacha qizdiriladi va
buyum 2...4 soat mobainida shu muhitda tutib turiladi. Tо‟yintirilgan qatlam qalinligi 0,5...1,24
mm ga, yuza qattiqligi esa Vikkers bо‟yicha 200...300 ga yetadi.
Kimyo, kog‟oz va neft sanoati uskunalari (nasos vallari, truboprovodlar, gaykalar,
boltlar...) detallari kremniylanadi.
Mashinasozlikda bor elementi bilan yuzani boyitish jarayoni suyuq eritmalarni
(Na
2
B
4
O
7
, BCl) elektroliz qilish usuli bilan olib boriladi. Borlangan yuzaning qattiqligi Vikkers
bо‟yicha 2000 gacha yetadi, qalinligi esa 0,1...0,4 mm ni tashkil qiladi. Borlangan qatlam yuza
qismida FeB, ichki qismida esa Fe
2
B va α-qattiq eritmadan iborat bо‟ladi. Neft nasoslari,
chuzuvchi, eguvchi va shakl beruvchi shtamplar, bosim ostida quyish mashinalarining detallari
kabi og‟ir sharoitda ishlaydigan detallar borlanadi. Borlangan detallarning turg‟unligi 2…6
martaga ortadi.
Bor bilan boyitilgan yuzaga oxirgi mexanik ishlov beriladi.
Savol va topshiriqlar : 1. Detallarni kimyoviy-termik ishlashdan maqsad nima?
2. Kimyoviy-termik ishlov berish jarayoni qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?
3. Sementitlash turlarini aytib bering.
4. Sementitlangan detallar nima uchun termik ishlanadi?
5. Gazlar muhitida sementitlash jarayoni qanday amalga oshiriladi, bu usulning
afzalliklarini kо‟rsating.
6. Azotlashdan kuzda tutilgan maqsad nima?
7. Sianlash nima? Uning turlarini aytib bering. Qanday jarayon nitrosementitlash deb
ataladi?
8. Diffuzion legirlashning qanday turlari mavjud?