Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q
Elektr pechlarida po‟lat suyuqlantirish. Hozirgi vaqtda metallurgiya va mashinasozlik
korxonalarida elektr energiyasining nisbatan arzonligi va yuqori harorat (2000
0
C) hosil qilish
mumkinligi tufayli elektr–yoy pechlarida po‟lat ishlab chiqarish rivojlanmoqda.
Bu maqsadda uch elektrodli elektr–yoy va induksion elektr pechlaridan foydalaniladi.
Elektr–yoy pechlari ko‟proq qo‟llaniladi (28-rasm).
Bunday pechlar, asosan, silindr shaklidagi po‟lat qobiq va sferik yoki tekis tubdan iborat.
Pechning ichki devori o‟tga chidamli g‟ishtlardan tayyorlanadi. Asosiy pechlarning tubi
magnezitli g‟ishtlardan tayyorlanib, ustiga 150...200 mm qalinlikda magnezitli yoki dolomitli
qatlam qoplanadi. Bunday pechlarning sig‟imi 400 t gacha bo‟ladi. Elektrodlarning diametrlari
200...600 mm, uzunligi esa 3000 mm qilib tayyorlanadi. Elektrodlar ko‟mir yoki grafitdan
yasaladi.
28-rasm. 30 tonnalik elektr – yoy pechining tuzilishi: 1-pasaytiruvchi transformator;
2-kabel; 3-pechni og‟dirish mexanizmi; 4-elektrodlarni mahkamlash va siljitish mexanizmi; 5-
elektrodlar; 6-pechning gumbazi; 7-po‟lat chiqarish novi; 8-pechning tubi; 9-pechning po‟lat
qobig‟i; 10-tirgak segmentlar; 11-poydevorning yo‟naltiruvchisi; 12-poydevor.
Elektr pechlar suyuq po‟latni quyib olish uchun 40...45
0
burchakka og‟ishini
ta„minlaydigan maxsus mexanizmlar bilan jihozlangandir. Pech transformatorlarining quvvati
pechning sig‟imiga va o‟lchamiga bog‟liq bo‟ladi. Masalan, 10 tonnalik pech uchun quvvati
3500 kVt, 250 tonnalik pech uchun 6000 kVt bo‟lgan transformatorlardan foydalaniladi.
Pechlarga xom ashyo maxsus mashinalar yordamida yuklanadi. Bunday yuklovchi
mashina 35 tonnalik pechni bir soatga yaqin vaqtda yuklaydi. So‟ngra pechga elektrodlar
tushiriladi, tok o‟lanadi va po‟lat suyuqlantirish boshlanadi. Oksidlanish jarayoni davrida shixta
suyuqlanadi, uning tarkibidagi kremniy, marganes, uglerod va ba„zi legirlovchi elementlar
kuyib ketadi. Oksidlanish jarayoni konvertorlar va marten pechlaridagi jarayonlardek bo‟ladi. 1
tonna uglerodli po‟lat eritib olish uchun 500...700 kVt – soat, legirlangan po‟lat uchun 1000
kVt – soat elektr energiyasi sarf qilinadi. Po‟lat eritish jarayoni 6...8 soat davom etadi. Elektr
pechlarida, asosan yuqori sifatli po‟lat suyuqlantirib olinadi.
Elektrik pechlarnung foydali sig‟imi 250 kg dan 30 t gacha bo‟ladi. Bu pechlarda
sutkasiga 3 – 6 martagacha po‟lat suyuqlantirilib, 1 t po‟lat olish uchun 700 – 1000 kVt
soat
energiya sarflanadi.