Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q
Marten usuli to‟g‟risida qisqacha ma„lumotlar. Bu usulni 1864 yilda fransuz
metallurglari Per va Emil Martenlar kashf etganlar. Sifatli po‟latning 80% i shu usulda ishlab
chiqarilmoqda. Marten jarayoni regeneratorlar bilan ta„minlangan alangali pechlarda amalga
oshiriladi. Issiqlik manbai - mazut yoki yonuvchi gazlar bilan qizdirilgan havo (1000 . . . 1200
0
C) aralashmasidir. Alanganing harorati 1800. . . 1900
0
C ga yetadi, bu esa metall shixtani
suyuqlantirish uchun kifoya qiladi.
Pechning ichki qoplamasiga terilgan o‟tga chidamli materialning xiliga ko‟ra Marten
pechlari asosli (magnezit, xrommagnezit) va kislotali (dinas, kvars qumi, yanchilgan kvarsit)
turlarga bo‟linadi. Tarkibida oltingugurt va fosfor miqdori ko‟proq bo‟lgan metall shixtani
suyuqlantirib, sifatli po‟lat olish imkonini bergani uchun asosli marten pechlari kengroq
tarqalgan.
Pechga yuklanadigan materiallarning turiga qarab marten jarayoni skrap-jarayon (shixta
– 25...45% cho‟yan, qolgan qismi temir - tersak va boshqa komponentlar) va skrap-rudaviy
jarayonlarga (shixta - 60...70% suyuq cho‟yan, qolgani skrap, temir va marganes rudalari)
bo‟linadi. Skrap-rudaviy jarayon ko‟proq qo‟llaniladi.
Marten pechi ishining texnik - iqtisodiy ko‟rsatkichlariga pech tubining 1m
2
yuzasidan
bir kecha-kunduzda olingan po‟lat miqdori va 1t po‟lat olish uchun sarflangan shartli yoqilg‟i
miqdori kiradi. Pech tubining 1m
2
yuzasidan bir kecha-kunduzda olinadigan po‟lat miqdori
pechning hajmiga, mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga va jarayonning turiga, 1t po‟lat olish
uchun sarflangan shartli yoqilg‟i miqdori esa yoqilg‟ining xiliga, olinadigan po‟lat naviga va
jarayonning turiga bog‟liq bo‟ladi. Masalan, skrap - rudaviy jarayonda 130 t sig‟imli pech
tubining har 1m
2
yuzasidan 10 t chamasi po‟lat olinadi. Pechga kislorod bilan boyitilgan havo
haydalganda pechning ish unumi 15…20% ga oshadi. 1 t po‟lat olish uchun sarf bo‟ladigan
shartli yoqilg‟i miqdori skrap–rudaviy jarayonida 100...180 kg ni, skrap jarayonda esa 170...250
kg ni tashkil etadi. Pechning sig‟imi qancha katta bo‟lsa, 1 t po‟lat olish uchun sarflanadigan
yoqilg‟i miqdori shuncha kam bo‟ladi.
Marten pechlarining unumdorligini oshirishning eng muhim omili yangi progressiv
texnologiyalarini joriy qilish, birinchi navbatda esa, sof kisloroddan foydalanishdir.