Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q
2. Cho’yan ishlab chiqarish Barcha metallar ikki guruhga, ya‟ni qora va rangli metallarga bo‟linadi. Qora metallar
guruhiga temir va uning qotishmalari (cho‟yan, po‟lat), rangli metallarga esa qolgan barcha
metallar kiradi. Turli metall konstruksiyalar, mashina detallari, asosan, qora metall qotishmalari
(cho‟yan, po‟lat) dan tayyorlanadi. Sababi shundaki, bu qotishmalarni ishlab chiqarish
texnologiyasi sof metallarnikiga qaraganda oddiy bo‟lib, mexanikaviy va texnologik xossalari
yuqoridir, shuningdek, qotishmalar kimyoviy tarkibini va strukturasini o‟zgartirish yo‟li bilan
ularning xossalarini o‟zgartirish mumkin.
Cho‟yan temirning uglerodli qotishmasi bo‟lib, uning tarkibida uglerod miqdori 2,14%
dan 6,67% gacha bo‟ladi. Cho‟yan domna pechlarida temir ro‟dalaridan suyuqlantirib olinadi.
Domna cho‟yanlarining 80
85% i qayta ishlanib, undan po‟lat olinadi.
Asosiy temir rudalari. Cho‟yan ishlab chiqarishda foydalanadigan tabiiy birikmalar
temir rudalari deb ataladi. Temir rudalarida temir oksidlari bilan birga turli boshqa
qo‟shimchalar - SiO
2
, Al
2
O
3
, CaO, MgO va boshqalar ham uchraydi. Temir bilan kimyoviy
birkmagan moddalar
bekorchi jinslar deb ataladi.
Muhim temir rudalariga magnitaviy temirtosh (Fe
3
O
4
), qizil temirtosh (Fe
2
O
3
), qung‟ir
temirtosh (2Fe
2
O
3
), shpatli temirtosh (FeCo
3
), temirli kvarsitlar kiradi. Tarkibida 70% temir
bo‟lgan magnitaviy temirtosh, 65% gacha temiri bo‟lgan qizil temirtosh eng boy rudalar
hisoblanadi. Qo‟ng‟ir temirtosh temirga ancha kambag‟al bo‟lib, rudada temir miqdori 25-50%
ni tashkil qiladi, shpatli temirtoshida temir miqdori 35-37% gat eng, eng kambag‟al temir rudasi
temirli kvarsitlardir.
Rudada temir oksidlaridan tashqari bekorchi jinslar, jumladan kremnezem, tuproq,
oltingugurt, fosfor va boshqa aralashmalar bo‟ladi. Ularni suyultirishgacha ham qisman
yo‟qotish zarur. Shuning uchun rudadagi temir miqdorini ko‟paytirish maqsadida u boyitiladi,
ya‟ni bekorchi jinslardan tozalanadi.
Rudani boyitish jarayonlariga qo‟ydagilar kiradi: 1) maydalash va g‟alvirlash; 2) yuvish;
3) elektromagnit yordamida boyitish; 4) rudani qizdirish; 5) mayda va changsimon rudani
yiriklashtirish ( aglomeratlash); 6) o‟rtachalash.
Ruda suyuqlantirishdan oldin boyitilsa-da, bekorchi jinslardan butunlay holi bo‟lmaydi.
Metallurgiya jarayonida ruda tarkibida qolgan bekorchi jinslar va yoqilg‟ining yonishida
ajraladigan kuldan qutilish maqsadida domna pechiga
flyus deb ataluvchi modda kiritiladi.
Flyus sifatida, ohaktosh (CaCO
3
), dolomit (CaCO
3
MdCO
3
), qumtuproq (SiO
2
) lardan
foydalaniladi. Pechga kiritilgan flyus rudadagi bekorchi jinslar, yoqilg‟i kuli va oltingugurt
bilan reaksiyaga kirishib, oson suyuqlanuvchan va yengil birikma (shlak) hosil qiladi, bu
birikma suyuqlangan metall sirtiga ko‟tariladi.
Rudaning kimyoviy tarkibiga qarab, 1t cho‟yan olish uchun, odatda 0,2 - 0,5 t gacha
flyus sarflanadi.