Prokat stanining asosiy qisimlariga yuritmasi, o‟zatish mexanzimi va prokatlash vallari
(juvalar) o‟rnatilgan ish kletlari kiradi 31-rasm).
31 -rasm. Prokatlash stanining sxemasi: 1- electr dvigatel; 2 – elastic mufta; 3 – reduktor;
4 – kulachokli mufta; 5 – ish kleti; 6 – shpindellar; 7 – trefli mufta; 8 – juvalar.
Prokatlash stanlarini ish kletining juvalari soniga, ishlab chiqariladigan mahsulot xiliga va
kletlarning o‟rnatilishiga qarab guruhlarga bo‟linadi.
Ish kletining jo‟valari soniga ko‟ra ikki jo‟vali reverssiz (duo), ikki jo‟vali reversli, uch
jo‟vali (trio), to‟rt jo‟vali (kvarto) va ko‟p jo‟valilarga bo‟linadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar xiliga ko‟ra - qisuvchi, xomaki, zagotovka, rels - balka,
sort, sim, list, truba, g‟ildirak va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi stanlarga bo‟linadi.
Ish kletlarining joylashuviga ko‟ra bir kletli, kletlari bir chiziqda pog‟anali, shaxmat
tartibida joylashgan, yarim uzliksiz va uzliksiz xillarga bo‟linadi.
Dostları ilə paylaş: