Payvandlash elektrodlari
Elektrodlar payvandlashda suyuqlanmaydigan materiallar - grafit, ko‟mir va volfiromdan
hamda suyuqlanuvchan materiallar - kam uglerodli po‟lat, cho‟yan, rangli metallar va ularning
qotishmalaridan sim sterjenlar ko‟rinishida tayyorlaanadi.
Suyuqlanadigan elektrodlarning kimyoviy tarkibi payvandlanadigan metall tarkibiga
yaqin bo‟lishi, zararli qo‟shimchalar oz bo‟lishi, uning suyuqlanish harorati asosiy metallning
suyuqlanish haroratiga yaqin bo‟lishi zarur.
Dastaki usulda payvandlashda ishlatiladigan po‟lat elektrodlar maxsus payvandlash
simidan
tayyorlanib, ularning diametri 1-12 mm bo‟ladi. Bu usulda payvandlashda ko‟proq
diametri 2-6 mm, uzunligi 350–450mm bo‟lgan elektrodlardan foydalaniladi. Yarim
avtomatikaviy ravishda payvandlashda ishlatiladigan elektrodlar o‟ram (buxta) simlar
ko‟rinishida bo‟lib, ularning og‟irligi ko‟pi bilan 80 kg ga yetadi.
Payvandlash elektrodlarining qanday metalldan tayyorlanishi
payvandlanadigan
metallarning turiga va kimyoviy tarkibiga bog‟liq. Hozirgi vaqtda ishlatiladigan po‟lat elektrod
- simlarining 56 xil markasi mavjud bo‟lib, ular uch guruhga bo‟linadi:
1.Tarkibiga 0,12% gacha uglerod bo‟lgan va kam uglerodli hamda o‟rtacha
uglerodli, shuningdek, ba‟zi kam legirlangan po‟latlarni payvandlashga mo‟ljallangan
uglerodli simlar (bular jumlasiga Cв-08, Cв-08A, Cв-08ГA, Cв-10A, Cв-10ГA, Cв-10Г2 lar
kiradi).
2. Tegishli markalardagi kam legirlangan po‟latlarni payvandlashda ishlatiladigan
marganes, kremniy, xrom, nikel, molibden va
titan bilan legirlangan simlar; bular jumlasiga:
Cв-08ГС, Cв -08Г2С, Cв-12ГС, Св-18XMА, Св-10X5M, Св-20XГС va boshqalar kiradi.
3. Maxsus po‟latlarni payvandlash uchun mo‟ljallanga ko‟p legirlangan simlar; bular
jumlasiga Cв-06X14, Cв-07X19H9, Cв-07X25H20 va boshqalr kiradi.
Elektrod simlarning markalanishidagi belgilari; Cв - payvandlash simini, birinchi raqam
simdagi uglerodning yuzdan bir ulishdagi miqdorini, keyingi harflar va raqamlar turli kimyoviy
elementlarning miqdorini bildiradi. Masalan,
Г-marganes, С - kremniy, X - xrom, Ю -
alyuminiy va boshqalar.
Elektrod sterjуnlar sifatida cho‟yanlarni payvandlashda quyma cho‟yan chiviqlardan, mis
payvandlashda M1, M2, M3
markali mis simlardam, alyuminiy qotishmalarni payvandlashda
AK, AД, AM markali simlardan foydalqaniladi.
Dostları ilə paylaş: