О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q


 
Tayanch iboralar: 
payvandlash yoyi, payvandlash toki, payvandlash elektrodlari. 
Elektr yoyi. Yoyning issiqlik xarakteristikasi 
Ikkita elektrod orasidagi gaz muhitida atmosfera bosimi ostida ma‟lum vaqt o‟tib 
turadigan elektr razryard 
payvandlanish yoyi
deyiladi. 36-rasmda elektr yoyining sxemasi 
berilgan. 

-rasmda elektr payvandlash yoyining sxemasi ko‟rsatilgan. Bunda yoy metall elektrod
1 bilan payvandlanayotgan metall 2 orasida yonib metall vannasi 3 ni hosil qilishini ko‟ramiz. 
Yoy ustunida harorat 6000
0
Cga, anod va katod uyalarida esa 2000-3000
0
Cga yetadi. Yoy hosil 
qilish uchun elektrod uchini asosiy metallga bir on qisqa tutashtirib 3-4 mm uzoqlashtirish 
kifoya. 
Elektrodni metallga tekkizishda uning tegib turgan nuqtalaridagi zichligi nihoyatda katta 
bo‟lgan tok ayrim–ayrim kontakt nuqtalaridan o‟tib ularni shu ondayoq suyuqlantirib yuboradi. 
Natijada elektrod bilan metal orasida suyuq metallning yupqa pardasi hosil bo‟ladi. Keyingi 
daqiqada, ya‟ni payvandchi elektrodni yanada uzoqlashtirishda suyuq metallda bo‟yin hosil 
bo‟ladi. Bo‟yinda tok zichligi, binobarin, metall harorati yanada ortadi, bu esa suyuq metallning 
bu‟g‟lanishiga olib keladi va natijada buyin uziladi va oraliq gazlar bug‟larga to‟ladi. 
36-rasm . Payvandlash yoyining sxemasi: 1- elektrod; 2-payvandlanadigan metall; 3- vanna. 
Elektrod (katod)ning qizigan yuzasidan elektronlar katta tezlikda uchib chiqib, asosiy 
metal (anod) tomon harakatlanib, oraliqdagi gaz molekulalari bilan uriladi va ularni 
ionlashtiradi. Natijada yoy oralig‟idagi muhit elektr o‟tkazgich muhit bo‟lib qoladi va u orqali 
elektr toki o‟taveradi (razryad mavjud bo‟ladi). 
Ma‟lumki, elektr yoydan juda katta issiqlik ajraladi va bu issiqlik payvandlanayotgan 
metall bilan elektrod uchini suyuqlantiradi. Yoyning to‟la issiqlik quvvati quyidagi formula 
bo‟yicha hisoblanadi: 
Q
e
=0,24

I

U (kal/sek yoki v/s) 
Bu yerda: 0,24 –elektrik kattaliklardan issiqlik kattaliklariga o‟tkazish koeffitsienti, 
kal/vt

sek; I - payvandlash toki; U - yoyning kuchlanishi. 
Payvandlashda yoy issiqligining 20% i tashqi muhitga o‟tishi sababli yoyning effektiv 
issiqlik quvvati birmuncha kamayadi va uni quyidagi formula bilan aniqlanadi: 


Q

= 0,24I

U

(kal/s) 
Bu yerda, 

- metallarni yoy yordamida qizdirishinng effektiv foydali ish koeffitsienti. 

ning 
qiymati payvandlash usuliga, elektrodning xiliga va boshqa ko‟rsatkichlarga bog‟liq. Masalan, 
dastaki payvandlashda 

= 0,5-0,8, flyus ostida avtomatikaviy payvandlashda

= 0,8-0,95 ga 
teng. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin