Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q
Takrorlash uchun savollar: 1.
Payvandlash yoyi deb nimaga aytiladi?
2.
Elektr yoyi yordamida payvandlash jarayonini tushuntirib bering.
3.
Elektr yoyining to‟la issiqlik quvvati nima va u qanday aniqlanadi?
4.
Elektr yoyini ta‟minlovchi manbalarga nimalar kiradi?
5.
Payvandlash elektrodlarining qanday turlarini bilasiz?
6.
Elektr yoyi yordamida payvandlash usullarini ayting.
16.3. Payvandlashning zamonoviy usullari. Materiallarni kavsharlash Reja: 1. Gaz alangasida va plazma yordamida payvandlash.
2. Metallarni payvandlashning zamonoviy usullari.
3. Metallarni kavsharlash.
4. Kavsharlashda ishlatiladigan asboblar
. Tayanch iboralar: g az alangasida payvandlash, plazma yordamida payvandlash, electron
nur yordamida payvandlash, lazer yordamida payvandlash, diffusion usulda payvandlash
Gaz alangasida va plazma yordamida payvandlash a)
Gaz alangasida payvandlash. Bu usulda payvandlashda payvandlanadigan metall
qismlarining bir chetini hamda qo‟shimcha metallarni suyultirish uchun gazning kislorodda
yonishidan hosil bo‟ladigan issiqlikdan foydalanaladi; bunda alanga harorati 3100-3300
0
С ga
yetadi. Yonadigan gaz sifatida yuqori haroratli alanga va ko‟p miqdorda issiqlik ajratuvchi
atsetilendan foydalaniladi.
Gaz alangasida payvandlash usulidan qalinligi 6 mm dan yupqa metallarni
payvandlashda foydalanish maqsadga muvofiq, sababi metal qaliligi ortib borgan sari ish unumi
kamayib boradi. Amalda bu usuldan yupqa po‟lat, rangli metall qotishmalari listlaridan
rezervuarlar, idishlar tayyorlashda, turli nuqsonlarni (darz, g‟ovakliklarni) tuzatishda keng
foydalaniladi. Shuningdek, magistral gaz-neft trubalarini tutashtirishda va umumiy
mashinasozlik detallarini tutashtirishda foydalaniladi.
b)