Kavsharlar xossalariga ko‟ra yumshoq va qattiq kavsharlarga bo‟linadi:
a)
Yumshoq kavsharlar
. Yumshoq kavsharlar (qalay, qurg‟oshin, vismut, kadmiy) ning
suyuqlanish harorati 400-500
0
C dan ortmaydi. Bu kavsharlardan, odatda, turli idishlar, baklar,
rezarvuarlar, radielektrotexnikada turli simlarni ulashda foydalaniladi. Bunda hosil bo‟ladigan
chok u qadar puxta bo‟lmaydi, chokning cho‟zilishga puxtaligi 5-7 kG/mm
2
. 200
0
C dan ortiq
qizdirilmaydigan uzellardagina kavsharlashdan foydalanish mumkin.
b)
Qattiq kavsharlar.
Qattiq kavsharlar (mis, kumush) ning suyuqlanish haroratlari 450-
500
0
C dan ortiq bo‟ladi. Bu kavsharlardan odatda, keskich asboblarining qattiq qotishma
plastinkalarini, truboprovodlarni, velosiped ramalarini kavsharlashda foydalaniladi. Bu usulda
olingan chokning cho‟zilishiga puxtaligi 50 kg/mm
2
gacha yetadi.
Kavsharlashda ishlatiladigan asosiy asbob payalnik (kovya) bo‟lib, uning o‟lchami va shakli
kavsharlanadigan detal o‟lchamiga bog‟liq .
Yumshoq kavsharlashda elektr payarlniklardan foydalanilsa, qattiq kavsharlar bilan
kavsharlashda benzin, gaz alangasida qizdiriluvchi turli konstruksiyadagi poyalniklardan
foydalaniladi. Ba'zida kavsharlash joylarini qizdirish va kovsharni suyuqlantirish uchun elektrik
alangali pechlardan ham foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: