Flyuslar
.
Flyuslar metall yuzasidagi
oksidlarni kavsharlash vaqtida eritib yuborish, bu
yuzani oksidlashdan saqlash bilan kavsharning buyum tirqishlariga yaxshi o‟rnatilishini
ta‟minlash uchun xizmat qiladi. Flyus sifatida maxsus kimyoviy moddalar (xlorid kislotasining
suvdagi eritmasi, rux xlorid, bura, nashatir, kanifol, stearin, kavsharlash pastasi va boshqalar)
dan foydalaniladi.
Takrorlash uchun savollar:
1.
Metallarni gaz alangasida payvandlashning afzalliklarini ayting.
2.
Payvandlashning qanday zamonaviy usullarini bilasiz?
3.
Metallarni kavsharlash jaroyoni qanday amalgam oshiriladi?
4.
Kavsharlarning qanday turlarini bilasiz?
5.
Kavsharlashda ishlatiladigan flyuslarni ayting.
17-Mavzu
:
Metallarni kesish jarayonlari to’g’risida umumiy ma‘lumotlar
Reja:
1.
Kesib ishlash usullarining rivojlanish tarixi va mashinasozlikda tutgan o‟rni.
2.
Kesish jarayonining turlari.
3.
Keskich, uning qismi va elementlari.
4.
Keskich burchaklari va tanlash.
5.
Kesuvchi asboblar tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar.
6.
Kesish jarayonining asosiy elementlari.
Adabiyotlar:
1, 3, 6, 4, 7, 5.
Tayanch iboralar:
Babka, gitara, zagatovka, opravka, patron, faska, shpindel.
1. Kesib ishlash usullarining rivojlanish tarixi va mashinasozlikda tutgan o’rni
Mashina detallarini tayyorlashda zagatovka quyimining keskichlar yordamida qirindi
tarzida yo‟nish bilan uni chizma talabiga o‟tkazish jarayoni
kesib ishlash
deyiladi. Kesib
ishlash usullari turlicha bo‟lib, ular asosan
yo‟nish, randalash, parmalash, frezalash, jilvirlash,
Dostları ilə paylaş: |