O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


 Buzilgan yerlarni rekultivatsiyalash va tuproq bilan qoplash



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   139
Yer tuzish

3. Buzilgan yerlarni rekultivatsiyalash va tuproq bilan qoplash 
Yerlarni muhofaza qilish 
Yer
- cheklangan resurs, shuning uchun ham u muhofazaga muxtoj. Eng avvalo, yerning kengligi 
cheklangan; yerga bo‘lgan barcha talablar faqat bor hudud ichida qondirilishi mumkin. Ma’lum 
foydalanish uchun mo‘ljallangan va berilgan (eng avvalo korxonalar, tashkilotlar, muassasalar yer 


29 
egaliklari va yerdan foydalanishlari uchun) yer uchastkalari kengligi bo‘yicha cheklangandir. Bir xo‘jalik 
yerlarining kengayishi boshqa xo‘jalik yerlarining kamayishi yoki umuman tugatilishi hisobigagina 
amalga oshirilishi mumkin. Yerdan foydalanishning bir turi maydonini kengaytirish (masalan, yer 
fondining qaysidir toifasi yerlarini) uchun boshqasini qisqartirish kerak. 
Ma’lum turdagi foydalanish (qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini, sanoat ob’ektlarini joylashtirish, 
ijtimoiy talablar va boshq.) uchun eng yaroqli yerlar maydonlari ham cheklangan. Bir turdagi 
foydalanishlar boshqalarga qarshilik qiladi. Jamiyat uchun ayniqsa yerlardan foydalanishning noqishloq 
xo‘jalik turlarining qishloq xo‘jalik turlariga nisbatan raqobatlashishi zarur emas. Yerlarni tarmoqlar 
orasida taqsimlash va qayta taqsimlash masalasi juda ahamiyatli, qiyin va hamma vaqt ham asosli 
yechilavermaydigan masala hisoblanadi.
Yerning kenglik tavsifi bo‘yicha cheklanganligining boshqa, juda sezilarli tomonlari ham bor 
(uchastkalarini qulay joylashtirish imkoniyati, ularning uzoqligi, shakli, o‘lchamlari va sh.o‘.), ularga 
ko‘pchilik hollarda ob’ektlarning faoliyat ko‘rsatish samaradorligi bog‘liq bo‘ladi.
Jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida yerlarning unumdorligi va unumdor yerlarning 
maydoni cheklangan bo‘ladi.
 
 
 
 
 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin