Loyihaning tarkibiy qismi - bu odatda yetarlik darajada yirik masala; u qator o‘zaro bog‘liq yer
tuzishning elementlaridan tashkil topishi mumkin. Ularga loyiha planida ko‘rsatiladigan
(joylashtiriladigan), demak, keyin hududda joylashtiriladigan (masalan, almashlab ekish dalalarini,
sug‘orish uchastkalarini, dala yo‘llarini va sh.o‘. joylashtirish) u yoki bu tadbirlar kiradi.
Yer tuzish bo‘yicha adabiyotlarda yer tuzish shakllari degan atamani ham uchratish mumkin.
Oldingi davrlarda odatda kolxozlarda yer tuzish va sovxozlarda yer tuzish ajratilar edi. Bu ikki shakl
tushunchasi o‘tgan asrning 30-chi yillarida paydo bo‘ldi, u vaqtda kolxozlar va sovxozlar hududlarini
tashkil etish haqiqatan ham bir-biridan keskin farq qilar edi, bu ularning tashkiliy-ishlab chiqarish
tarkibi, yerdan foydalanishlari o‘lchamlari, ijtimoiy sharoitlardagi farqlar bilan bog‘liq edi. Biroq,
keyinchalik, bu farq (ayniqsa kolxozlar yiriklashtirilganlaridan keyin) sezilarli darajada kamaydi, yer
tuzishning mazmuni va usullari bu ikki turdagi xo‘jaliklarda asosan bir xil bo‘lib qoldi. Shu sababli,
yer tuzishni ikki shaklga yuqoridagi belgi bo‘yicha bo‘lish amaliy jihatdan o‘z ahamiyatini yo‘qotdi.
Shu bilan bir qatorda, agrar islohot bilan bog‘liq mulkchilik shakllarining, yerga egalik qilish va
foydalanishning, xo‘jaliklar turlari va o‘lchamlarining har xilligi yer tuzishning yangi shakllari paydo
bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Xususan, fermer xo‘jaliklarida yer tuzish shulardan biriga aylanishi
mumkin.
Yer tuzish loyihasining tarkibiy qismlari - bu yerlardan foydalanishni va uni muhofaza qilishni tashkil etishning, ushbu ob’ektda hududni tashkil etishning bir-biri bilan bog‘liq,