O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


yerdan foydalanishni va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni boshqarishning iqtisodiy



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   139
Yer tuzish

yerdan foydalanishni va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni boshqarishning iqtisodiy 
usullarini rivojlantirishga o‘tish yo‘lini ta’minlash; 
- fermer va dexqon xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jalik korxonalari hududidagi ko‘chmas 
mulk ob’ektlari band qilgan, shu jumladan ichki xo‘jalik yo‘llari aloqa yo‘llari, 
umumfoydalanishdagi bino va inshootlar, daraxtlar va o‘rmon o‘simliklari, mahalliy 
melioratsiya tizimlari va umumiy foydalanishdagi boshqa mulklar band qilgan yer 
uchastkalalarini tasarruf qilish masalalarini tartibga solish tartibini belgilash; 
- davlat va mintaqalar darajasida tuproq unumdorligini oshirish va yerni muhofaza qilishni 
boshqarish mexanizmini joriy qilishni nazarda tutgan holda qishloq xo‘jaligida yerdan 
foydalanishning ekologik muvozanati va uning holatini baholash ko‘rsatkichlari hisobini 
me’yorlashtirish tamoyillarini belgilash, zararli moddolar, shuningdek, kimyoviy moddalar 
pestitsid qoldiqlarining chegaraviy yo‘l qo‘yilganlik me’yolarini aniqlash tuproq 
unumdorligini saqlash va tiklash bo‘yicha moliyalashtirishning turli manbalarini topish; 
- yer uchastkalarining nooqilona o‘lchamlarini, chegaralarining tarqoqliligini uzun shaklini, 
o‘tkir burchakliligini va uning joylashishidagi boshqa nuqsonlarni tuzatish va 
optimallashtirish yo‘li bilan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar hamda mavjud fermer va 
dehqon xo‘jaliklarining hududiy sharoitlarini yaxshilash; 
- xo‘jalikning huquqiy mavqeyini yaxshilash, uning tashkiliy – huquqiy shakllarini 
takomillashtirish; 
Shu bilan birga yerdan foydalanish va muhofaza qilish tuproq unumdorligini oshirish 
ekologik barqaror agrolandshaftlarni shakillantirish, dehqonchilikka ekologik – agrolandshaft 
tizimlarini joriy qilish bo‘yicha kompleks o‘zaro aloqador va puxta o‘ylangan chora – tadbirlarni 
ishlab chiqish, maqsadga muvofiq yer tuzish chizmalari va loyihalarini ishlab chiqish orqali nisbatan 
tejamkor va landshaft resurslarini saqlashga moslashtirish bilan birga yerlarni muhofaza qilish 
bo‘yicha maqbul kompleks chora – tadbirlarni qo‘llashni qonunchilikda o‘rnatish zarur. 
Qishloq xo‘jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yerlarni muhofaza 
qilishning qonunchilikda mustahkamlangan tamoyillari bajarilishini ta’minlash maqsadida, o‘ta 
qimmatli sug’oriladigan yerlarni saqlash shuningdek qishloq xo‘jaligidagi unumdor yer turlaridan 
maqsadsiz foydalanish holatlarining oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi 
qonunchilikda qishloq xo‘jaligi yer turlarini boshqa toifaga o‘tkazishning asoslanishini aniqlashtirish
hamda qonunchilikka muvofiq boshqa o‘rnatilgan maqsadlar uchun yerlarni yo‘qotish zarurati 
tug‘ilgan holatlarda o‘ta qimmatli mahsuldor qishloq xo‘jalik yer turlarining yo‘qotilishini minimal 
darajadagi taminlashga erishish maqsadida o‘zgartirishlar kiritish mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga aniqlik kiritish bilan bir qatorda 
davlat va davlatning vakolatli idoralari me’yoriy – hujjatlarini takomillashtirish zarur bo’ladi. 
Yer tuzish doirasidagi xizmatlarni yer tuzish faoliyati bilan shug‘ulanuvchilar yuridik va 
jismoniy shaxslar amalga oshirsa, yer tuzish tadbirlarini tashkillashtirish va moliyalashtirish nafaqat 
davlat idoralari va mahalliy hokimiyatlar balki yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan 
ham amalga oshirilishi zarur. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin