O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Yer tuzish ishlarini o‘tkazishni ta’minlash uchun “2020-2025-yillarda O‘zbekiston



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   139
Yer tuzish

 
Yer tuzish ishlarini o‘tkazishni ta’minlash uchun “2020-2025-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasining qishloq hududlarida yer tuzish va yer islohotini jadallashtirish bo‘yicha 
chora - tadbirlar to‘g‘risida”gi dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida 
muvofiq. 


24 
 
 
 
 
 
Yer tuzish bilan mamlakatimizning barcha hududi, mo‘ljallangan maqsadidan qat’iy nazar, 
barcha yerlar qamrab olinadi, biroq uning xarakteri har xil bo‘lishi mumkin. Bir xil vaziyatlarda 
hudud ayrim yer egaliklari yoki yerdan foydalanuvchilar chegarasida tashkil etiladi; bunda unga 
kiruvchi har bir uchastkaning foydalanish maqsadi aniqlanadi. Boshqa vaziyatlarda qator korxonalar 
yoki ularning belgili tizimlarini tashkil etuvchi, o‘zaro bog‘langan guruhlari yer egaliklari va yerdan 
foydalanishlarini tashkil etish masalasi birgalikda yechiladi. 
Xalq xo‘jaligi rivojlanishi jarayonida yer fondlarini tarmoqlar - qishloq va o‘rmon xo‘jaliklari, 
sanoat, transport, shaharlar va sh.o‘. orasida taqsimlash sodir bo‘ladi. Ularning har birining ichida 
yerdan foydalanish har xil korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan amalga oshiriladi. Ayrim 
yer egaliklari (yerdan foydalanishlar) chegarasida yer yoki ishlab chiqarishning asosiy vositasi 
(qishloq xo‘jaligida), yoki uning unumdorligiga bog‘liq bo‘lmagan (sanoatda, transportda va sh.o‘.) 
kenglik asosi sifatida xizmat qiladi. Shunday qilib, nafaqat yerlarni tarmoqlar orasida, balki xo‘jalik 
sub’ektlari orasidayam taqsimlash masalasi kelib chiqadi, ularga qattiq belgilangan tartibda, aniq 
maqsadlar uchun ma’lum maydonga ega va joylarda chegaralangan yer uchastkalari yoki massivlari 
ajratiladi. 
Yerlarni tarmoqlararo va tarmoqlar ichida taqsimlash dinamik xarakterga ega; yangi sanoat 
korxonalari, temir va avtomobil yo‘llari, shaharlar, dehqon xo‘jaliklari va ularning birlashmalari va 
sh.o‘. yaratiladi. Shu sababli, doimo yangi yer egaliklari yoki yerdan foydalanishlar paydo bo‘ladi va 
mavjudlariga o‘zgarishlar kiritiladi. Bundan tashqari ishlab chiqarish rivojlangani sari mavjud 
korxonalar egallab turgan yer uchastkalarining o‘lchamlariga va joylashishiga bo‘lgan talab o‘zgarib 
turadi. Ayniqsa, bu qishloq xo‘jaligida tez-tez ro‘y beradi; yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni 
qayta tashkil etish va tartibga solish, ularning joylashishidagi, o‘lchamlaridagi noqulayliklar va 
kamchiliklarni va boshqa ishlab chiqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, optimal me’yorlardan 
og‘ishlarni tugatish zarurati kelib chiqadi. Har qanday korxonaning yer egaligi yoki yerdan 
foydalanishini tashkil etish, ayniqsa qishloq xo‘jaligida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning ishlab chiqarishi 
hajmi bilan bog‘liq va ularga mos bo‘lishi kerak. 
Yer tuzishning vazifasi faqat butun yer egaligi yoki yerdan foydalanishning o‘zini tashkil etish 
yoki qayta tashkil etish bilan cheklanishi mumkin emas. Qishloq xo‘jaligida yana, ularning barcha 
ayrim qismlari yer uchastkalarining sifatini, ularning joylashishini, xo‘jalik nuqtai nazaridan 
maqsadga muvofiqligini hisobga olib tuzish va joylashtirish kerak. Bunda yer egaliklarining har xil 
qismlari ma’lum ishlab chiqarish yoki boshqa vazifalarni oladi. 
Sanoat va boshqa noqishloq xo‘jalik korxonalarida yerdan faqat binolar, inshootlar, yo‘llar, 
elektr ta’minoti, aloqa, suv bilan ta’minlash tarmoqlarini joylashtirish uchun kenglik asos sifatida 
foydalaniladi, undan bevosita foydalanish mustaqil vazifa hisoblanmaydi. 
U faqat ma’lum ob’ektlarni qurish uchun joy sifatida kerak va ularning keyingi vazifalari 
yerning sifatiga bog‘liq emas. Aholi yashash joylari, sanoat va boshqa noqishloq xo‘jalik korxonalari 
hududlarida binolar va inshootlarni joylashtirish rejalashtirish (loyihalash) deb ataladi. Yer 
tuzishning o‘ziga sanoat korxonalarini, qishloqlar va shaharlarni rejalashtirish (loyihalash) 
qaramaydi va yer tuzish ishlari tarkibiga kirmaydi. 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida yerdan oqilona foydalanishni tashkil etish uchun u bilan bog‘liq 
boshqa ishlab chiqarish vositalarini joylashtirish bilan birga xo‘jalikda hududni ichki tashkil etish 
zarur. U bir martalik tadbir emas. Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, ishlab chiqarish tarkibidagi 
o‘zgarishlar ayrim xo‘jaliklarda yerdan foydalanishni tashkil etishda ham o‘zgarishlarga olib keladi. 
Bunday barcha o‘zgarishlar tashkiliy tarzda, yer tuzish o‘tkazilib, amalga oshirilishi kerak. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin