25
*
yerlarni xalq xo‘jaligi tarmoqlari orasida, tarmoqlar ichida, yer egalari va yerdan
foydalanuvchilar orasida taqsimlash va qayta taqsimlash, yer egaliklarini, yerdan
foydalanishlarni va maxsus yer fondlarini tashkil etish, ularni hududda joylashtirish;
*
qishloq xo‘jalik korxonalari (fermer xo‘jaliklarini ham qo‘shib) hududlarini ishlab
chiqarishning rivojlanishi, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish talablariga
mos xo‘jalikda ichki tashkil etishning oqilona shakllarini belgilash.
Yaqqol ko‘rinib turibdiki, birinchi guruh tadbirlari mazmuni bo‘yicha
ikkinchisidan sezilarli
farq qiladi; shuning uchun yer tuzishning ikki asosiy turi - xo‘jaliklararo va xo‘jalikda ichki yer
tuzish turlari mavjud. Ularning ikkovi ham yerdan oqilona foydalanishni va uni muhofaza qilishni
tashkil etish bo‘yicha masalalarning yagona majmuasini yechadi, biroq o‘z mazmunlari va usullari
bilan bir-biridan farq qiladi.
Qishloq xo‘jalik korxonalari uchun xo‘jalikda ichki yer tuzish xo‘jaliklararo
yer tuzishning
davomi hisoblanadi va uning barcha masalalari yechilgandan keyingina o‘tkaziladi. Xo‘jaliklararo
yer tuzishda keyingi, xo‘jalikda hududni ichki tashkil etish talablari hisobga olinadi.
Yer tuzishning har bir turi uchun ma’lum tarkibdagi bir-birlari bilan bog‘liq masalalar mavjud,
ularni yechish hududni va yerdan foydalanishni eng oqilona tarzda tashkil etish imkonini beradi. Bu
masala yer tuzish loyihasi asosida yechiladi. Ma’lum hududda yerdan foydalanishni tashkil etish
shunday loyihani tayyorlashdan boshlanadi. Loyihada yechiladigan masalalarning asosiylarini uning
tarkibiy qismlari deb atashadi.
Dostları ilə paylaş: