20
Respublikamiz mustaqillikga erishgandan keyingi iqtisodiy o’sishning barqarorligini va
iqtisodiy-xo‘jalik aylanmasi faolligini ta’minlash uchun yer tuzish tizimini
takomillashtirni talab
etadi. Bunda yerdan foydalanish darajasi va samaradorligi oshadi. Lekin, bu o‘ta murakkab va ko‘p
qirrali jarayon bo‘lib, yer tuzish konsepsiyasini ishlab chiqishni takozo etadi. Bu asosan yer tuzishni
o‘tkazishni tartibga solish soxasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlariga qaratilgan va yer
tuzish faoliyati istiqbolida o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi.
1990-yildan boshlab Respublikamiz raxbariyatining yerlarni
qayta taksimlash ishlarini
amalga oshirishi yangi yer tuzish asoslarining yaratilishiga imkon berdi. Davlatning yerlarni qayta
taqsimlash ishlarini amalga oshirishi, fuqarolar
foydasiga xizmat qilib, qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlar aylanmasi uchun ob’etiv sharoitlarni yaratib berdi. Bu esa fermer
xo‘jaliklarining
shakillanishiga, qishloq axoli punktlari chegaralaridagi yerlarning maxalliy o‘z-
o‘zini boshqarish idoralari tarkibiga o‘tkazib berishiga, maxsus maqsadlardagi
yer fondlarining
vujudga kelishiga olib keldi.
Shu bilan birga qishloq xo‘jaligidagi yer resurslaridan foydalanish imkoniyatlari 1990-yil
bilan taqqoslanganda fermer xo‘jaliklarini tashkil qilishning boshlang‘ich davrida sezilarli
pasayganliga guvoh bo‘lish mumkin.
Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanishni tartibga solishning
jahon va milliy tajribalari
ko‘rsatishicha, bunday holatning asosiy sabablari sifatida yer siyosatini amalga oshirishda yer
tuzishning ro’liga yetarlicha e’tibor berilmasligi
va uning keskin tushib ketishi, yer resurslaridan
oqilona foydalanishni tashkil etish va rejalashtirish hamda uni muhofaza qilishda yer tuzish bo‘yicha
vakolatli davlat idoralari
vazifalarining boy berilishi, yerdan oqilona foydalanish va muhofaza
qilishni tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimlaridan
yer tuzishning vakolatli
tuzilmasi faolligining yetarli emasligi yer tuzish sohasining davlat boshqazuvidan chetlashishi
keltirilgan .
Dostları ilə paylaş: