O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Yer tuzishning davlat maqomi o‘z ifodasini quyidagilarda topadi



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   139
Yer tuzish

 Yer tuzishning davlat maqomi o‘z ifodasini quyidagilarda topadi: 
 * davlat mamlakatning tashqi chegaralari ichidagi butun hududi uzra suverenitetni 
amalga oshiradi; 
 * yer tuzish davlat chiqargan qonunlarga asoslanadi va ularni amaliy bajarishga 
qaratilgan; 
 * yer tuzish organlari davlat tomonidan tashkil etiladi, uning nazorati ostida bo‘ladi va 
davlatning yer siyosatini o‘tkazishga majburdirlar; 
 * yerlarni mulkdorlar va yerdan foydalanuvchilarga berish va rasmiylashtirish davlat 
hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi; 
 * yer tuzish (loyiha-qidiruv, tasvirga olish va izlanish ishlarini qo‘shib) asosan budjet 
mablag‘lari hisobiga o‘tkaziladi. 
Shunday qilib, yer tuzish yordamida davlat yerga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning 
qonuniy me’yorlari asosida mamlakatda yerdan oqilona foydalanishni va uni muhofaza qilishni 
tashkil etadi. 
4. Yer tuzishning halq xo‘jaligi talablariga mos rivojlanishi 
 
 
Yer tuzishning tarixiy rivojlanish tajribasi ko‘rsatishicha bizning mamlakatimizda uning 
usullari, shakli va asosiy mazmuni hamma vaqt jamiyat har bir aniq muddatda yechayotgan iqtisodiy, 
siyosiy va boshqa vazifalardan kelib chiqib aniqlangan. Bunda yer tuzish agrar siyosatni, yer 


16 
o‘zgarishlarini, boshqa umumdavlat ahamiyatiga ega iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarni amalga 
oshirishda katta rol o‘ynadi. 
Ishlab chiqarishning o‘sishi, qishloq xo‘jaligining va boshqa tarmoqlarning rivojlanishi, 
ijtimoiy rivojlanish manfaatlari hududni tashkil etishning mavjud shakllarini hamda yer egaliklari va 
yerdan foydalanishlar shakllarini doimiy ravishda takomillashtirib borishni talab etadi. Mos ravishda 
yer tuzish organlarining vazifalari ham o‘zgaradi. Bu qoidani, xususan, yer tuzishning sovet davrida 
rivojlanishi tajribasida ko‘rsatib berish mumkin (u V bobning 3 paragrafida batafsil yoritilgan; bu 
yerda biz uchun ahamiyatlisi, faqat yer tuzishning iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi umumiy 
muammolar bilan o‘zaro yaqin aloqasini aniqlashdir). 
Avvalo, ko‘rinib turibdiki, yer tuzish bu yillarda o‘ta samarasiz, oxir-oqibatda qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishini tushkunlikka va yerlardan nooqilona foydalanishga olib keluvchi davlat siyosatiga 
majburiy amal qildi, lekin, amalda u, ayrim, judayam buzilish jarayonlariga to‘sqinlik qildi. Yer 
tuzuvchi mutaxassislar o‘z burchlarini halol bajarib, asosan, o‘zlarining kasbiy vazifalarini 
zamonaviy ilmiy asosda, yerda ishlayotgan odamlar manfaatlari uchun yechishga harakat qilishdi. 
Bevosita Oktabr revolyusiyasidan keyin yer tuzish birinchi navbatda yer to‘g‘risidagi Dekretni 
amalga oshirish bilan bog‘liq qayta tuzishlarni o‘tkazishdan iborat bo‘ldi. Bu davrda sovet hukumati 
yerga egalik qilishning xususiy shakllarini tugatdi, yerni dehqonlarga foydalanishga berdi, jamoa 
yerdan foydalanishlarini tuzdi va mustahkamladi. Natijada mamlakat qishloq xo‘jaligida asosiy 
o‘rinni yangi hokimiyatdan yer olgan va shu sababli uni qo‘llab-quvvatlaydigan o‘rta hol dehqon 
egalladi. 
20-chi yillarda yer tuzishning mazmuni yetti yilga yaqin davom etgan uzluksiz urushdan 
keyingi xalq xo‘jaligini tiklash vazifasidan kelib chiqib aniqlandi. Bu davrda yer tuzish asosan, 
dehqon yer jamoalari va yakka dehqon xo‘jaliklarida o‘tkazildi. U ko‘p polosalikni, uzoqdagi 
yerlarni va boshqa noqulayliklarni tugatish yo‘li bilan dehqon yerdan foydalanishlarini tartibga 
solishga qaratildi. Shunday qilib qishloq xo‘jaligining samaradorligini oshirish uchun sharoit 
yaratildi. Bu vaqtda asosiy ish turlari qishloqlararo va qishloqlar ichida yer tuzish bo‘ldi. 
20-chi yillarining oxiri va 30-chi yillarning boshida qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish bilan 
bog‘liq kolxozlar yerdan foydalanishlarini tashkil qilish vazifasi qo‘yildi. Mazmunan, butun 
mamlakat miqyosida yerdan foydalanishni tubdan qayta qurish amalga oshirildi. Shaxsiy dehqon 
uchastkalari tugatildi; ular o‘rnida nisbatan yirik kolxozlar yerdan foydalanishlari paydo bo‘ldi. 
Barcha ishlar tezkorlik bilan, ko‘p vaziyatlarda favqulodda va malakasiz, yer ko‘rsatish deb 
nomlangan shaklda o‘tkazildi. Bunday yerdan foydalanishlar ko‘plab kamchiliklarga ega va shu 
sababli judayam turg‘un emas edi. 
Kollektivlashtirish dehqonlarga va mamlakat qishloq xo‘jaligiga unda yo‘l qo‘yilgan qo‘pol 
xatolar natijasida yanada kuchayadigan katta buzg‘unchilik ta’sirini ko‘rsatdi. Barcha jarayonlarni 
boshqarish ma’muriy usullar bilan, ko‘pchilik hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuch ishlatish yordamida 
amalga oshirildi. Bu vaqtda 
щ
unday tarzda ko‘plab sovxozlarning yerdan foydalanishlari tashkil 
etildi. 
Yer tuzish 30-chi yillarning o‘rtalarida va ikkinchi yarmida yerlarni kolxoz va sovxozlarga 
huquqiy va texnik biriktirishga qaratilgan vazifalarni bajardi. Ular yerdan foydalanishlari 
turg‘unligini ta’minlash zarur edi, shu sababli 1932 y. hukumat maxsus qaror qabul qildi. 1935 
yildan boshlab bir necha yillar davomida kolxozlarga yerdan muddatsiz (umrbod) foydalanish uchun 
Davlat Aktlarini berish bo‘yicha ishlar bajarildi, ularda yerdan foydalanishlarning maydonlari va 
aniq chegaralari ko‘rsatildi. Shu bilan bir qatorda, yerlarning joylashishidagi noqulayliklar sababli 
ishlab chiqarish zararlarini kamaytirish uchun, ularni tartibga solish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi; 
Bunga 1935 - 1937 y. yer tuzish xizmatining asosiy e’tibori qaratildi. Mamlakatda bu vaqtda 235 
mingga yaqin kolxozlar bo‘lganligi uchun, ishlarning umumiy hajmi juda katta edi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin