13
Yer tuzishning tarixiy rivojlanishi jarayonining barcha bosqichlarida hamma vaqt asosiy o‘rinni
davlat o‘ynadi. U yer munosabatlarini tartibga soladigan qonunlarni va boshqa bajarilishi majburiy
me’yorlarni
chiqaradi, yer tuzishning asosiy mazmunini va o‘tkazilish tartibini belgilaydi. Davlat
o‘zining yer siyosatini harakatdagi qonunchilikka mos ravishda amalga oshiruvchi maxsus organlarni
yaratadi. Yer tuzish shuning uchun hamma vaqt u yoki bu darajadagi davlat tadbiri hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda huquqiy me’yorlar oxir-oqibatda jamiyat hayotining moddiy sharoitlarini
o‘zida namayon etadi; ular mavjud ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Demak, yer
tuzishga
ham faqat majburiy akt, belgili maqsadni amalga oshirishga qaratilib tashkil qilinadigan
harakat
sifatida qarash mumkin emas; u ijtimoiy ishlab chiqarish talablaridan tug‘ilgan ob’ektiv
ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. (S.A.Udachin. Nauchnie osnov
ы
zemleustroystva. M.: Kolos, 1965-y.
115-b.). Bunday ta’rifni ham berish mumkin: yer tuzish - bu tabiiy
resurs sifatida yerdan
foydalanishni tashkil etish va ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda jamiyatning ijtimoiy talablarini
qondirish maqsadlari uchun hududni tuzishning ob’ektiv rivojlanadigan jarayonidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish doimo o‘zgarib turadi. Mos ravishda yer tuzishning ham,
ishlab
chiqarish usullariga (feodal, kapitalistik va sh.o‘.) hamda uning rivojlanishining aniq bosqichlariga
bog‘liq holda shakllari va usullari o‘zgaradi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarishning ijtimoiy usuli
hal qiluvchi darajada yer egaliklari, yerdan foydalanishlar va yer tuzishning shakllarini aniqlaydi.
Tarixiy rivojlanishning ayrim bosqichlarida mavjud yer tuzumini tubdan buzish,
katta yer
massivlarini qayta taqsimlashning kechiktirib bo‘lmaydigan zarurati tug‘ilganda, yer tuzish
boshqarib bo‘lmaydigan, favquloddagi xarakterga ega bo‘lishi mumkin (masalan, 30-yillar boshidagi
kollektivlashtirish davrida qishloq xo‘jalik artellarining tuzilishi). Ammo,
bunday davrlar hamma
vaqt ham qiska muddatli bo‘ladi; asosan, yer egaliklaridagi, yerdan foydalanishlardagi va hududni
tashkil etishdagi (ayniqsa qishloq xo‘jaligida, bu yerda yer - ishlab chiqarishning asosiy vositasi)
o‘zgarishlar maqsadga qarab va tashkillashtirilgan holda, yer tuzuvchi mutaxassislar ishtirokida va
davlat nazorati ostida amalga oshiriladi. Bunda har qanday o‘zgartirishlar ma’lum nazariy va uslubiy
asosda, boshqacha aytganda - ilmiy asosda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: