O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Bu hududlardan foydalanishni va muhofaza qilish tartibini aniqlaydigan ilmiy tavsiyalar



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   139
Yer tuzish

Bu hududlardan foydalanishni va muhofaza qilish tartibini aniqlaydigan ilmiy tavsiyalar
me’yorlar, qoidalar asosida loyihada (chizmada) quyidagi tadbirlar ko‘zda tutiladi: 
* muhofaza qilinadigan hududlardagi qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanish bo‘yicha; 
* haydalma yerlar, bog‘lar va boshqa daraxtzorlardan mi-neral o‘g‘itlar va zaharli kimyoviy 
moddalardan foydalanish cheklangan sharoitda samarali foydalanish bo‘yicha; 
* muhofaza qilinadigan hududlar bilan chegaradosh yerlardan foydalanish yo‘llari; 
* atrof muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa tadbirlar. 
Suv muhofazasi uchun ajratilgan yerlardan foydalanish tartibi inson ishlab chiqarish faoliyatining 
ayrim turlari taqiqlanganligi bilan tafsiflanadi. Suv manbalari qirg‘oqlaridagi himoya polosalarida esa 
xo‘jalik faoliyati keskin cheklanadi. Bu yerlarda: o‘simliklar kasalliklariga, zararkunandalarga va 
yovvoyi o‘tlarga qarshi zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash; madanli o‘g‘itlar va zaharli kimyoviy 
moddalarni saqlash uchun omborxonalarni, chorvachilik fermalarini, chiqindi suvlar oqadigan ariqlarni, 
qabristonlarni, ishlab chiqarish chiqindilari tashlanadigan joylarni joylashtirish, hamda samolyotlar 
uchish polosalarini qurish; yangi sanoat korxonalarini qurish va mavjudlarini kengaytirish; avtomobillar 
to‘xtash joylari, ularga yonilg‘i quyish, yuvish va ta’mirlash joylarini qurish va shunga o‘xshashlar 
umuman taqiqlanadi. 


32 
Qirg‘oq polosasi odatda, daraxtlar va chakalakzorlar bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Bu polosada 
yerlarni shudgor qilish, mollarni boqish va ular uchun yozgi saqlash joylari tashkil etish, ma’danli 
o‘g‘itlar va zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish va mavjudlarini 
kengaytirish, dam olish joylarini tashkil etish umuman taqiqlanadi. 
Noqishloq xo‘jalik yerdan foydalanishlarini tashkil etishda yerlarni va atrof muhitni muhofaza 
qilish o‘ziga xos katta xususiyatlarga ega. 
Yer tuzish sanoat korxonalarini va boshqa noqishloq xo‘jalik ob’ektlarini joylashtirish bilan 
shug‘ullanmaydi; shunga qaramasdan har qanday maqsadlar uchun beriladi-gan yer uchastkalarining 
maydoni, shakli, joylashishi, hamda bu uchastkalardagi yerdan foydalanuvchilarning va ularning boshqa 
yerdan foydalanuvchilarga nisbatan huquqlari va majburiyatlari - yer tuzishning elementidir. Shunday 
qilib, ob’ektning yakuniy joylashishi yer tuzish natijasida aniqlanadi. Loyiha ma’muriy organlar 
tomonidan tasdiqlanadi va u faqat malakali hamda asoslangan tarzda ishlangandagina barcha zarur 
yerlarni va atrof muhitni muhofaza qilish masalalarini nazarda tutish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin