36
fermer xo‘jaligi qishlog‘i, jamoa xo‘jaligining markaziy qo‘rg‘oni yoki uning ishlab chiqarish
bo‘limi markazi bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish bo‘limlari
-
bu brigadalar, ishlab chiqarish
uchastkalari, bo‘limlar, pudratchilar va ijarachilar uchastkalari va sh.o‘.;
ularning yer massivlari
ma’lum maydonlarga va chegaralarga ega. Chorvachilik fermalari joylashgan uchastkalar, xo‘jalik
hovlilari, qayta ishlovchi va boshqa sexlar xo‘jalikning
ishlab chiqarish markazlari
deb ataladi.
2.
Xo‘jalikdagi asosiy (magistral) ichki yo‘llarni va boshqa umumxo‘jalik injenerlik
inshootlarini joylashtirish.
Xo‘jalikdagi asosiy ichki yo‘llarga
markaziy qishloqni ishlab chiqarish bo‘limlari
va boshqa
qishloqlar, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, temir yo‘li bekatlari bilan bog‘lovchi hamda
bo‘limlarni bir-birlari bilan bog‘lavchi yo‘llar kiradi.
Injenerlik inshootlari
- bu hududni injenerlik
jihozlashning umumxo‘jalik ob’ektlari: melioratsiya, agroo‘rmon
melioratsiyasi, suv xo‘jaligi,
eroziyaga qarshi ob’ektlar, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish uchun maydonchalar va sh.o‘.
Dostları ilə paylaş: