O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Ular xayoliy, ajralgan xarakterga ega emas, balki, tabiiy sharoitlar va jamiyatning



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   139
Yer tuzish

Ular xayoliy, ajralgan xarakterga ega emas, balki, tabiiy sharoitlar va jamiyatning 
ijtimoiy - iqtisodiy talablari bilan bog‘langan holda amaliy faoliyat jarayonidan kelib chiqadi. 
Hozirgi vaqtda yer tuzish fanida quyidagi tamoyillar umumiy tan olingan hisoblanadi: 

 yer qonunchiligi talablariga rioya qilish, yer egaliklari va yerdan foydalanishlar 
doimiyligini va turg‘unligini mustahkamlash; 

 ishlab chikarish va ijtimoiy maqsadlar uchun, ekologik talablar ustivorligini saqlagan 
holda, yerdan oqilona foydalanish; 

 butun jamiyatning, ayrim tarmoqlarning, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning
manfaatlarini qishloq xo‘jaligi ustivorligini saqlagan holda uyg‘unlashtirish; 

 barcha tashkiliy - hududiy yechimlarni xo‘jalikning kelajakdagi rivojlanishi, yerdan 
foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‘lash; 

 ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun tashkiliy-hududiy sharoit yaratish; 

 tabiy va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
Sanab o‘tilgan tamoyillarni to‘laroq ko‘rib chiqamiz. 
 
Yer qonunchiligi talablariga to‘la rioya qilish

har qanday yer tuzish ishlarini bajarishning 
zaruriy shartidir, sababi, yer tuzish davlatning yer tuzumiga noaniqliklar kiritishga emas, balki, 
mustahkamlashga qaratilgan. Ma’lumki, mahalliy hokimiyat organlarining barcha darajalari o‘z 
vakolatlari doirasida davlat nomidan yerni tasarruf etadi va uni mulk qilib, foydalanishga va ijaraga 
yer tuzish yordamida beradi. Bunda xo‘jaliklar va xo‘jalik uchastkalarining belgilanadigan 
chegaralari, yerdan foydalanishda zarur tartibni ta’minlash uchun, joylarda aniq bo‘lishi kerak. 
 
Yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning turg‘unligi
o‘zgarmas chegaralardagi yer 
uchastkalariga uzoq vaqtlar egalik qilish yoki ulardan foydalanish bilan ta’siflanadi. Unga 
tuzilayotgan yer egaliklari va yerdan foydalanishlar barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ratsional 
bo‘lganda, o‘zgartirish kiritishni talab qiladigan noqulayliklar va kamchiliklar bo‘lmaganda 
erishiladi. Shu bilan bir qatorda, vaqt o‘tishi bilan har xil sabablarga ko‘ra (masalan, yerning 
qaytarib olinishi sababli) yerdan foydalanishlarda ishlab chiqarish samaradorligini pasaytiruvchi 
noqulayliklar va kamchiliklar kelib chiqishi mumkin, ular tugatilishi kerak. Bundan tashqari, xo‘jalik 
yuritish sharoitlari o‘zgarishi mumkin, korxonalarda yangi rejalar va vazifalar paydo bo‘ladi. Bunday 
vaziyatlarda yer uchastkasi (massivi) xo‘jaliklararo yer tuzish loyihasi asosida uning maydoniga, 
joylashishiga, ichki tarkibiga o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan takomillashtirilishi kerak. 
 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin