39
ta’minlash kerak, bunga xususan, to‘g‘ri almashlab ekishlarni boshqa tadbirlar bilan birga kompleks
loyihalashda erishiladi.
Yer tuzishning eng ahamiyatli vazifalaridan biri shamol va suv eroziyalari jarayonlarini
to‘xtatish va ularning oldini olish hisoblanadi. Ilmiy asoslangan yer tuzish loyihalarida hamma vaqt
hududni moslab tashkil etish va boshqa eroziyaga qarshi tadbirlar ko‘zda tutiladi.
Haydalma
yerlardan, pichanzorlardan, yaylovlardan, bog‘lar va uzumzorlardan, tabiiy o‘simliklar, suv havzalari
tagidagi yerlardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish ham rejalashtiriladi.
Agar yer uchastkasi yangi ob’ekt uchun ajratilsa, uni unumdor yerlarning asossiz sarflanishiga,
ortiqcha ajratilishiga yo‘l qo‘ymasdan, hisob-kitoblar bilan asoslash kerak. Bundan tashqari,
noqishloq xo‘jalik yerdan foydalanishlarini
tashkil etishda, ularni hududda joylashtirishda nafaqat
ishlab chiqarishning tashkiliy-hududiy tomonlarini, balki mazkur uchastkada faoliyat ko‘rsatadigan u
yoki bu ob’ektning (masalan, sanoat korxonasining) xususiyatlarini hisobga olish kerak. Xususan,
atrof muhitni (yer, suv, atmosfera) ifloslanish va boshqa zararli ta’sirlardan
muhofaza qilishni
ta’minlash kerak.
Yer qonunchiligiga asosan yer unda yashayotgan xalqlar hayoti va faoliyati asosi hisoblanadi.
Shuning uchun butun jamiyat manfaatining ayrim yer egalari va yerdan foydalanuvchilar manfaatlari
bilan qishloq xo‘jaligi ustivorligiga rioya qilgan holda uyg‘unlashishini ta’minlash katta ahamiyatga
ega. Qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli yerlar juda qimmat baho tabiiy resurs hisoblanadi
va ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish faqat alohida hollarda ruxsat etiladi.
Xalq xo‘jaligi rivojlangan sari har xil tarmoqlarga va faoliyat sohalariga taalluqli ko‘plab yangi
yerdan foydalanuvchilarga yer ajratish zarurati paydo bo‘ladi. Transport, tog‘-kon sanoati, energiya
korxonalari va boshqa ob’ektlarni joylashtirishda ularga ajratiladigan joy - qurilish uchun yer
uchastkasi - yer tuzish jarayonida, u berilganidan keyin belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: