44
Yerdan foydalanishdagi qulaylik, shunga mos iqtisodiy natijalar ham qishloq xo‘jalik
korxonasining joylashgan o‘rniga -
mahsulotni sotish joylarigacha, moddiy texnik ta’minot
bazasigacha, madaniy-maishiy va boshqa aholiga xizmat ko‘rsatadigan ob’ektlargacha bo‘lgan
masofaga bog‘liq. Sanoat va aloqa vositalari rivojlangan, aholi zichligi o‘sgan sari yer
uchastkalarining joylashgan o‘rni ularning tabiiy unumdorligiga bog‘liq bo‘lmagan
holda doimo
yaxshilanib boradi.
Zamonaviy aloqa vositalarining, katta o‘tkazish qobiliyatiga ega avtomobil va temir
yo‘llarining mavjudligi xo‘jaliklar va ular yer egaliklarining uzoqligi bilan bog‘liq kamchiliklarini
kamaytiradi.
Aksincha, katta shaharlarning o‘sishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining asosiy
iste’molchilari sifatida joylashgan o‘rni omilining ta’sirini kuchaytiradi. Xususan korxonalarning
sanoat markazlariga yaqinligiga bog‘liq holda texnik vositalar
va mehnat resurslari bilan
ta’minlanishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashish darajasi, uning mahsuldorligi va daromadliligi
bo‘yicha iqtisodiy tabaqalanishi o‘smoqda. Xo‘jalikning uzoqda joylashishi transport xarajatlarining
oshishiga, mahsulotlar isrofgarchiligiga, umumiy iqtisodiy qoloqlikka olib keladi.
Dostları ilə paylaş: