kuz-qish-bahor fasllarida yog‘ishi sababli, yozda dehqonchilikni faqat sug‘orish yordamidagina amalga oshirish mumkin. Faqat tog‘ va adir mintaqalaridagina lalmi dehqonchilik bilan shug‘ullanish mumkin .
Hududning namlik bilan ta’minlanishi yillik yog‘ingarchilik koeffitsientining
yog‘ingarchilikning bug‘lanishiga nisbati bilan ifodalanadi; uning qiymati 0,08-0,5 orasida o‘zgarib
turadi. Optimal namlik bilan ta’minlanishga ushbu koeffitsient 0,5 ga teng bo‘lganda erishiladi.
Afsuski, arid iqlimi sharoitida joylashgan bizning mamlakatimizning dehqonchilik mintaqalarida
amaliy jihatdan bunday ta’minot yo‘q hisobi.
Yer tuzishda hisobga olinadigan boshqa tabiiy omillardan shamollar yo‘nalishi va kuchi
hisobga olinadi. Ular qishloqlar va ishlab chiqarish markazlarining (fermalar, ma’danli o‘g‘itlar va
zaharli kimyoviy moddalar saqlanadigan omborxonalar) o‘zaro joylashishiga, shamol eroziyasi xavfi
bor tumanlarda dalalar va o‘rmon polosalarining hamda agar, qishda ko‘p qor yog‘adigan bo‘lsa,
yo‘l tarmog‘ining joylashishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Mintaqalarning issiqlik va namlik bilan ta’minlanishini kompleks taxlil qilish bioiqlimiy
salohiyat ko‘rsatkichini quyidagi ifoda yordamida hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
БИС
K
t
C
C
P
=
>
∑
10
1000
0
0
50
Bunda БИС
- bioiqlimiy salohiyat ko‘rsatkichi; K
P
- o‘simliklarning namlik bilan ta’minlanishini tavsiflovchi va issiqlik bilan namlik nisbatiga bog‘liq koeffitsient; t
C
>
∑
10
0
−
10
0
C
yuqori harorat yig‘indisi; 1000
0
C
- dala dehqonchiligining shimoliy