O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   139
Yer tuzish

5. 
 
Gidrogeologik va gidrografik sharoitlar 
 
Yer tuzish uchun xohlagan miqyosda (mamlakat, viloyat, tuman, xo‘jalik, ayrim yer massivi) 
gidrogeologik va gidrografik axborot - yer osti va yer usti suvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar katta 
ahamiyatga ega. Ularning mavjudligi har xil ob’ektlarni to‘g‘ri joylashtirish va hududni oqilona 
tashkil etish uchun zarur. 
Yerlarning gidrogeologik xususiyatlari yer osti suvlarining tarkibi, kelib chiqishi va harakatiga 
bog‘liq. Masalan, minerallashgan sizot suvlari yer satxiga yaqin joylashganda sho‘rlanishning asosiy 
sababiga aylanadi. Ularning tuproqlar va yomg‘ir-qor suvlarining yer yuzasidan oqishi, sug‘orish 
suvlari bilan o‘zaro ta’sirlari qattiq tarzda tartibga solinishi kerak. 
Yer osti suvlarining mavjudligi qishloq qurilish ob’ektlarini joylashtirishni, sug‘orish va 
zax qochirish uchun yer massivlarini va ularning amalga oshirilish usullarini tanlashni
qishloq, dala, va yaylov suv ta’minotining xususiyatlarini aniqlaydi. 
Tabiiy paydo bo‘lgan oqar suv havzalari va ko‘llar yig‘indisi sifatidagi gidrografik tarmoqlar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlardan qishloq xo‘jalik yerlarini va almashlab ekishlarni tashkil etishda
dalalar va ishchi (sug‘orish) uchastkalarini joylashtirishda, eroziyaga qarshi va boshqa yerlarni 
muhofazalash tadbirlarini loyihalashda foydalaniladi. Hududning gidrografik sharoitlarini baholash 
uchun yerlarni daryo va jarliklar-soylar tarmog‘ining ularning maydon birligiga to‘g‘ri keladigan 
uzunligi orqali ko‘rsatiladigan qalinligi bo‘yicha solishtirish amalga oshiriladi. 
Inson faoliyati ta’siriga uchramagan yoki kam uchragan joylarda o‘simliklar 
o‘zgarmagan turda mavjud bo‘ladi; bular asosan tabiiy pichanzorlar va yaylovlardir. Antropogen 
ta’sir natijasida dehqonchilik mintaqalarida tub o‘simliklar hamjamiyati ikkilamchi 
o‘simliklarga almashtiriladi (daraxtzorlar, yaxshilangan yaylovlar, pichanzorlar).


49 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin