O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Tuproq hosil qiluvchi jinslar yer sathining ustki qamlamini egallab, biologik va kimyoviy



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   139
Yer tuzish

Tuproq hosil qiluvchi jinslar yer sathining ustki qamlamini egallab, biologik va kimyoviy 
jarayonlar ta’siri ostida unumdorligi va mahsuldorligi bo‘yicha har xil tuproqlarni barpo 
qildilar. Hozirgi sharoitlarda tuproq paydo bo‘lishida yetakchi rolni inson faoliyati o‘ynay 
boshladi. 
Tuproq hosil qiluvchi jinslarning ma’danli qismini asosan tuproqning mexanik tarkibi 
aniqlaydi; bu yerlar mahsuldorligining ahamiyatli ko‘rsatkichidir (1 jadval).
1 jadval 
Respublika yer fondining har xil mexanik tarkibdagi tuproqlarga ega yerlarining ulushi, % 
og‘ir va 
loyli 
qumloqli 
og‘ir 
qumloqli 
o‘rta 
qumloqli 
yengil
qumloqli 
qum-loqli 
qumli 
Tekshirilmaga

0,1 
23.4 
49.8 
21,8 
2,7 
1,3 
0,9 
Tuproqlarning mexanik tarkibi bilan yerlarning unumdorlik darajasini aniqlaydigan 
ko‘plab xususiyatlari bog‘liq, xususan, qumloqli-o‘tloqi tuproqlarda gumus miqdori 2 dan 5% 
gacha bo‘lsa, qumoq va qum tuproqlarda 1 dan 3,5 % gachani tashkil etadi. O‘simliklar uchun 
eng yaxshi sharoit donador, yumshoq, madaniylashgan tuproqlarda yaratiladi, ularda ozuqa 
moddalarining yig‘ilishi va sarflanishi orasidagi optimal nisbatga erishiladi. 
Har xil tuproqlarning salbiy eroziya jarayonlariga, sho‘rlanishga, ifloslanishga qarshilik 
ko‘rsatish imkoniyatlari har xil bo‘ladi. U ularning mexanik tarkibiga, suv yutish hajmiga, tuproq 
eritmasi xususiyatlariga bog‘liq va og‘ir, yaxshi gumuslangan tuproqlarda sezilarli darajada yuqori. 
Aksincha, yengil mexanik tarkibdagi tuproqlarning (qumli, qumoq) buzilish darajasi ancha yuqori. 
Eroziyadan buzilishning eng katta xavfi karbonat qoldiqli jinslarning changli cho‘kindilaridan 
tashkil topgan (lyoss va qumli) tuproqlar tuproqlarda bo‘ladi. Kulrang va qizil tuproqlarning achish 
jarayoniga, qora, kashtan tuproqlar va bo‘z tuproqlarning esa sho‘rlanishga qarshi turishi yomon. 
Mexanik tarkibiga va gumus miqdoriga qarab tuproqlar ifloslavchi moddalarning yuqori 
miqdoriga har xil javob ko‘rsatishadi, ularga o‘simliklarning chidamliligi ham har xil. Bu holni 
qishloq xo‘jalik ekinlari va yerlari tarkibini aniqlashda, ularni joylashtirishda hisobga olishning 


47 
ahamiyati juda katta. Og‘ir mexanik tarkibga ega, loy fraksiyalari bor, katta gumus zaxirasiga ega 
tuproqlarning og‘ir metallarni va boshqa ifloslavchilarni zararsizlantirish imkoniyatlari katta. 
O‘simliklar uchun ancha katta xavfni ular yengil, kam gumusli tuproqlarda soladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rivojlanishi va tuproqlar sifati doimiy o‘zaro 
bog‘liqlikda bo‘ladi. Har bir mintaqada ular yer tuzish, melioratsiya va boshqa tadbirlarning 
mazmunini va yo‘nalishini aniqlaydilar. Yerlarni sug‘orish bo‘yicha tadbirlar o‘rmon melioratsiyasi 
bilan birgalikda organik moddalarning kamchiliksiz balansini saqlab turish bo‘yicha samarali. 
Quruq cho‘l va yarim sahro mintaqalarida tuproqlarni shamol eroziyasidan saqlash, sho‘rlanishning 
va gumus minerallashuvining oldini olish kerak. Bu yerlarda sug‘orishning suvni tejavchi usullarini 
qo‘llash va yaylovlardan oqilona foydalanishni tashkil etish katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin