O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   139
Yer tuzish

6. 
 
Iqlim sharoitlari 
 
Yerning ko‘plab xususiyatlarining shakllanishi, shu jumladan qishloq xo‘jaligi uchun birinchi 
darajali ahamiyatga ega bo‘lganlarining ham, ko‘p jihatdan iqlimga, avvalo hududning issiqlik va 
namlik bilan ta’minlanishiga bog‘liq. Issiqlik bilan ta’minlanish 10
0
S yuqori havo haroratining 
yig‘indisini ko‘rsatadi; u faol quyosh radiatsiyasi miqdorini va fotosintezning mumkin bo‘ladigan 
mahsuldorligini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosil 
salohiyati shunga katta bo‘ladi. Bizning mamlakatimizda bu ko‘rsatkich 2800-5200
0
orasida o‘zgarib 
turadi. Tog‘liq va shimoliy mintaqalarda u kam va janubiy va sahro mintaqalarida yuqori 
qiymatlarga ega bo‘ladi. 10
0
S yuqori haroratda asosiy madaniy ekinlarning rivojlanishi boshlanadi. 
Issiqlik bilan ta’minlanish darajasi oshishi kechpishar va yuqori hosilli navlarni ekish imkonini 
beradi, tuproqdagi biologik jarayonlarning faolligi va fotosintez tezligi oshadi. Shuning uchun ham 
harorat rejimini hisobga olish qishloq xo‘jalik yerlarini joylashtirishda va ixtisoslikni tanlashda
ekinlar tarkibini takomillashtirishda, hosildorlikni dasturlashda katta ahamiyatga ega. 
Hudud iqlimiy resurslarining boshqa eng asosiy ko‘rsatkichi namlik bilan ta’minlanish 
hisoblanadi. Yerlarning eng yuqori mahsuldorligiga tuproqlarning namlanish darajasi 
ularning to‘la suv sig‘imining 60% ga teng bo‘lganda erishiladi; qishloq xo‘jalik ekinlari 
namlik ortiqcha bo‘lsayam, kam bo‘lsayam qiynalishadi. Respublikamizda qishloq xo‘jalik 
yerlarining namlik bilan ta’minlanishi tog‘liq mintaqalardan past-tekislik mintaqalariga qarab 
pasayib boradi. Quyi Amudaryo bo‘yi mintaqasida o‘rtacha yiliga 90-120 mm yog‘ingarchilik 
bo‘lsa, tog‘liq mintaqalarda uning miqdori 450-500 mm yetadi. Lekin ularning asosiy qismi 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin