chegarasi yonidagi 10
0
C
yuqori harorat yig‘indisi. Yerning nisbiy biologik mahsuldorligi (B K ) ballardi baholanadi; 100 ballga teng qilib БИС
≈
1 9
,
qiymatiga mos keladigan ekinlarning o‘rtacha mahsuldorligi qabul qilinadi, demak B K =55 БИС
. Bu ko‘rsatkichning qiymatlari respublikamizning sug‘oriladigan dehqonchilik mintaqalarida 200-300 atrofida o‘zgarib turadi. 7. Yerning xususiyatlari va tabiiy sharoitlarining yer tuzish masalalarini yechishga ta’siri Qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadigan yerning tabiiy xususiyatlari
yerdan foydalanish shakllari va usullarini tanlashda birinchi darajali ahamiyatga ega. Iqtisodiy
omillarga nisbatan tarmoqni yuritishning hozirgi ilmiy-texnik darajasida ular boshlang‘ich bo‘lib
qolishadi. Tabiiyki, yer tuzishda ishlanadigan, yerdan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha
tadbirlar ijobiy tabiiy xususiyatlardan foydalanishga va salbiy jarayonlarni to‘xtatishga qaratiladi.
Tabiiy va iqtisodiy omillar ta’siri ostida yer xususiyatlarining o‘zgarishi doimiy va ob’ektiv
xarakterga ega; ularning umumiy yo‘nalishi qishloq xo‘jalik yerlari mahsuldorligini oshirishga
qaratilgan. Keyingi o‘n yilliklarda katta hajmdagi melioratsiya ishlari bajarildi. Afsuski, ular arzon
va keng miqyosli yer tuzish va agrotexnik tadbirlar bilan qo‘shib olib borilmadi, bu oxirida yuqori
samara olish imkonini bermadi.
Yerning tabiiy xususiyatlarini to‘laroq hisobga olishga yerdan foydalanishni oqilona tashkil
etishning ustivor ma’muriy usullaridan kompleks ilmiy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni
amalga oshirishga o‘tish yordam beradi. Ular yerning sifatini yaxshilash, ularni salbiy jarayonlardan
muhofaza qilish, qimmatbaho yerlarning maydonlarini saqlash va mahsuldorligini oshirish, qishloq
xo‘jaligining yer resurslari bazasini mustahkamlash bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni yo‘lga
qo‘yish imkonini beradi.