Yer tuzish tadbirlari hamma vaqt aniq iqtisodiy vaziyatda amalga oshiriladi. Bu vaziyat avvalo
ob’ektiv iqtisodiy qonunlar hamda jamiyat i
щ
lab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasidan kelib
chiqadi. Masalan, qiymat qonuni tovar-pul munosabatlarining xarakterini, renta to‘lovlari
dinamikasini, yer solig‘i va yer uchun ijara haqi miqdorlarini va sh.o‘. aniqlaydi. Yer tuzish
jarayonida tuzilayotgan loyihalarni yaxshi asoslash va tez o‘zlashtirish, maksimal iqtisodiy, ijtimoiy
va ekologik samaraga erishish uchun bu qonuniyatlarni hisobga olish kerak.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida yer tuzishda hisobga olinadigan iqtisodiy sharoitlar ichida
quyidagilar katta ahamiyatga ega:
*
yer turlarining tarkibi, maydoni va sifati, ularni transformatsiyalash va yaxshilash,
hamda yerlarni qishloq xo‘jaligi uchun o‘zlashtirish imkoniyati;
*
yerlarning yalpi mahsulot, xarajatlar qoplanishi va shartli-natural yoki qiymat
ko‘rinishidagi differensial daromad bo‘yicha baholanadigan iqtisodiy tavsifi;
*
xo‘jaliklar ixtisosligi, ularning ASM doirasidagi birlashish aloqalari;
*
qishloq xo‘jaligini yuritishning qabul qilingan tizimi va uning iqtisodiy samaradorligi
(tarmoqlar tarkibi va o‘lchamlari, dehqonchilik tizimi, ekin maydonlari tarkibi, almashlab
ekishlar, urug‘chilik tizimi, ozuqa yetishtirish va chorvachilik, qishloq xo‘jalik ekinlari
hosildorligi va yer turlari mahsuldorligi, yalpi va tovar mahsulotlar, yalpi va sof daromad,
foyda va ishlab chiqarishning rentabelligi);
*
korxonalarning tashkiliy-ishlab chiqarish tuzilishi, mehnatni tashkil etish tizimi;
*
Dostları ilə paylaş: |