Ishlab chiqarishning rivojlanish rejasi,
asosan, quyidagi asosiy bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
*
xo‘jalikning ixtisosligi va o‘lchamlari;
* dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarining xo‘jaliklararo kooperatsiyani hisobga olgan
holda uyg‘unlashishi;
* yordamchi va tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish,
* qishloq xo‘jaligi va sanoat faoliyatini uyg‘unlashtirish;
* ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va elektrlashtirish;
* mehnatni tashkil etish va haq to‘lash;
* mehnat resurslari balansi va sh.o‘.
Ijtimoiy rivojlanish rejasida
quyidagi masalalar yechiladi:
*
mehnat sharoitini yaxshilash;
* aholi tizimini, uy-joy va madaniy maishiy sharoitlarni yaxshilash;
* korxona ishchilarining malakasini oshirish va boshq.
Yer tuzishda aniqlik qiritiladigan rejaviy topshiriq asosida yerlarning sifatini, yer egaliklari yoki
yerdan foydalanishlarning hududiy xususiyatlarini hisobga olib, hamda yerdan oqilona foydalanish
va uni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarning navbati aniqlangandan keyin xo‘jalikning (jamoa,
shirkat, fermer xo‘jaliklari hissadorlik jamiyatlari va sh.o‘.) joriy ishlab chiqarish-moliya rejasi
tuziladi. Bu rejalarda zarur resurslar bilan ta’minlanadigan va bajarish uchun qabul qilinadigan ayrim
yer tuzish tadbirlarini (yerlarni yaxshilash, sug‘oriladigan madaniy yaylovlarni qurish, yerlarni
rekultivatsiyalash va sh.o‘.) amalga oshirish uchun ishchi loyihalarni tuzishni o‘z ichiga oladigan,
kelajakka mo‘ljallangan tavsiyalar o‘z o‘rnini topadi. Ishlab chiqarish-moliya rejalari har yili
tuziladi; bundan tashqari, xo‘jaliklarda ayrim ish davrlari (ekish, yig‘ish va boshq.) uchun aniqroq
tezkor rejalar tuziladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rivojlanishi,
yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning, mehnatni tashkil etish va haq to‘lashning yangi shakllari
paydo bo‘lishi, yerdan foydalanishning intensivlashishi ko‘pchilik hollarda yangi yerlarni
o‘zlashtirish, melioratsiya bo‘yicha qo‘shimcha choralarni, tuproqlarni eroziyadan himoya qilish va
tabiatni muhofaza qilishni, hududni qayta tuzishni talab etadi, sababi oldin o‘tkazilgan yer tuzishda
qabul qilingan qarorlar hamma vaqt ham korxona faoliyatining yangi yo‘nalishlariga to‘g‘ri
kelavermaydi.
Oxirgi yillarda xalq xo‘jaligini boshqarish usullarida va iqtisodiy munosabatlarda, shu
jumladan, agrosanoat majmuasida ham chuqur o‘zgarishlar yuz berdi. Ishlab chiqarishning tarkibi,
mahsulotlarni sotish hajmlari, boshqa ishlab chiqarish va iqtisodiy ko‘rsatkichlar endi korxonalar
tomonidan mustaqil iste’molchilar talablaridan, ishlovchilar daromadlarini ko‘paytirish zaruratidan,
foyda va rentabellikdan, to‘la o‘z-o‘zini qoplash va moliyalashga erishishdan kelib chiqib
aniqlanadi. Shu bilan ularning samarali rivojlanish rejalarini, shu jumladan yer resurslaridan
foydalanish bo‘yicha ham, ishlash uchun javobgarligi keskin oshadi.
Dostları ilə paylaş: |