63
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish kelajagi viloyatlar va ma’muriy
tumanlar yer tuzish
chizmalarini ishlashda boshlang‘ich material bo‘lib xizmat qiladi. Bunda qishloq xo‘jalik
korxonalarining tabiiy va iqtisodiy salohiyatlari va rivojlanish rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
xo‘jaliklararo va xo‘jalikda ichki yer tuzishlarni loyihalashga topshiriq tayyorlash uchun axborot
bazasi bo‘lib xizmat qiladi.
Rejalashtirish va yer tuzish tizimlarining o‘zaro kuchli ta’siri ikki yoqlama foydani ta’minlaydi.
Bir
tomondan, u iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalariga hududiy aniqlik kiritadi,
boshqa
tomondan esa - yer tuzish chizmalari va loyihalariga haqqoniylik, aniq xo‘jalik va ekologik yo‘nalish
beradi.
Yerlarni suv va shamol eroziyalaridan himoya qilish, buzilgan hududlarni rekultivatsiyalash
bo‘yicha chizmalar va loyihalar eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi. Yerlar buzilishining bu yo‘nalishlari
yetarlik darajada to‘la o‘rganilgan, ular yer-hisobi hujjatlarida ko‘rsatiladi.
Amaliyotda sinalgan,
shularga mos tadbirlar majmuasi yer tuzish loyihalariga kiritiladi.
Oxirgi yillarda yerdan foydalanishning intensivlashishi bilan bog‘liq holda, tuproqlar
unumdorligi va mahsuldorligiga salbiy antropogen ta’sir kuchaymoqda.
Ifloslanish, sho‘rlanish,
qurib ketish, yer osti suvlarining ko‘tarilishi kabi jarayonlar faollashmoqda. Yer tuzish tizimida bu
jarayonlarning hamda sellar, ko‘chkilar va sh.o‘. oldini olish bo‘yicha
loyihalar va chizmalarni
ishlash boshlandi.
Yer tuzish tadbirlari ularni amalga oshirishning har bir bosqichida ishonchli va aniq tabiiy-
xo‘jalik asoslashga ehtiyoj sezadi. Bunday asoslash yer kadastri materiallariga va ASM tarmoqlarini
yuritishning mintaqaviy tizimlariga (ayniqsa tuproqni himoya qilishga
qaratilgan mintaqaviy
dehqonchilik tizimlariga) asoslanadi. Shu bilan birga faqat yer tuzishda ilg‘or iqtisodiy, texnologik
va texnik yangiliklarni joriy etish imkonini beradigan hududni tashkil etishning ilmiy asoslangan
tarkibini yaratish mumkin. 4
jadvalda ekologik, iqtisodiy va agronomik xarakterga ega, yer
tuzishning har xil bosqichlarida foydalaniladigan materiallar sanab o‘tilgan.
Dostları ilə paylaş: