O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Tuman yer tuzish chizmalarida quyidagi yer islohotini amalga oshirish bilan bog‘liq



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   139
Yer tuzish

Tuman yer tuzish chizmalarida quyidagi yer islohotini amalga oshirish bilan bog‘liq 
masalalar yechiladi: 
*
 
foydalanilmayotgan va nooqilona foydalanilayotgan yerlarni aniqlash; 
*
 
maxsus taqsimlanadigan yer fondlarini yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha 
tavsiyalar tayyorlash; 
*
 
qishloq va boshqa aholi yashash joylari chegaralarini, yerlarni qishloq va posyolka 
ma’muriyati ixtiyoriga berish materiallarini rasmiylashtirish bilan, aniqlash va belgilash; 
*
 
tuman yer fondini tarmoqlararo qayta taqsimlash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash; 
*
 
tabiatni muhofaza qilish, tabiat-qo‘riqxona, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-
madaniy maqsadlarga mo‘ljallangan hududlar (yerlar) chegaralarini aniqlash va belgilash.
Tuman chizmalari asosida yerlarni qayta taqsimlash, ularni ajratib berish yerga mulkchilik, 
egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi xujjatlar berish bilan o‘tkaziladi.
Yer tuzish chizmalari tarkibiga kiradigan tadbirlarni joriy etish muddatlari uzoqligini hisobga 
olib, ularga o‘z vaqtida zarur aniqliklar va o‘zgarishlar kiritilishi kerak. Bu ishlar ular harakatining 
navbatdagi bosqichi tugashiga ikki yil qolguncha doimiy ravishda olib boriladi. Chizmalarni 
xaritaviy rasmiylashtirish tarkibiga yerlardan hozirgi va kelajakda foydalanish, yerlarni yaxshilash, 
tabiatni muhofaza qilish tadbirlari kiritiladi.
Yer tuzish chizmalari yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishning asosiy 
yo‘nalishlarini va ishlab chiqarishning kelajakdagi hududiy tashkil etilishini aniqlovchi loyiha oldi 
ishlari hisoblansa ham, ular naturaga (joylarga) ko‘chirilmaydi. Ularda asoslangan choralar yer 
tuzish loyihalari yordamida joriy etiladi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin