3. Respublika, viloyatlar va ma’muriy tumanlar yer tuzish chizmalari Viloyat va tumanlar darajasida yer tuzish chizmalarini ishlash zarurati 60 yillar oxiridayoq,
yerdan foydalanishlarni tartibga solish, infratizim elementlarini oqilona joylashtirish, tabiiy muhitni
muhofaza qilish vazifalari bilan bog‘liq xolda yuzaga chiqdi. Ayrim hududiy birliklar bo‘yicha,
ularning tabiiy-iqtisodiy salohiyatlarini (eng avvalo yerlarning soni va sifati), yerdan foydalanishlar
tizimini takomillashtirishni, yer resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilish, yaxshilashning
samarali yo‘nalishlarini tanlashni hisobga oladigan tadbirlarni tabaqalashtirishning yangi usullari
zarur edi.
Yer tuzish chizmalari viloyatlar va tumanlarda ASM kelajakda rivojlanish rejalarini tuzishni va
yer tuzish loyihalarini ishlashni oldindan aniqlab beradi. Shuning uchun ular rejalashda yerlarni
yaxshilash va muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini hamda yer tuzishni loyihalashning
maqsadi va aniq vazifalarini shakllantiruvchi reja oldi va loyiha oldi hujjatlar vazifasini bajaradi. Yer
tuzish chizmalarida viloyat va tuman ASM hududiy tashkil etish va rivojlantirish, kapital qurilish
ob’ektlarini, meliorativ tizimlarni, yo‘l tarmoqlarini joylashtirish masalalari o‘z yechimlarini topadi,
yer va boshqa tabiiy resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar belgilanadi. Ular albatta ayrim
mintaqalar va yerlar toifalari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtiradigan Bosh chizmalar
asosida ishlanadi.
Tuman yer tuzish chizmalarida yuqori darajada qabul qilingan yechimlarning ularni aniq yer egaliklari va yerdan foydalanishlarga yetkazish bilan, aniqligi oshiriladi. * yer tuzish chizmalarining tarkibiy modelini quyidagi tarkibiy qismlar ko‘rinishida tasavvur etishimiz mumkin: