Qabul qilinadigan yechimlar qator o‘zaro chambarchas bog‘langan loyihaviy va loyiha oldi hujjatlari ko‘rinishida rasmiylashtiriladi: * mamlakat yer resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilish Bosh chizmasi; * yirik mintaqalar yer resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilish Bosh chizmalari; * respublika va viloyatlar yer tuzish chizmalari; * ma’muriy tumanlar yer tuzish chizmalari; * xo‘jaliklararo va xo‘jalikda ichki yer tuzish loyihalari; * yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq aniq tadbirlar uchun ishchi loyihalar. Yer tuzish hujjatlarini ishlashda bashoratlash, rejalash va loyihalash usullarini asoslash
nisbatlari har xil bo‘lishi mumkin. Bashoratlash va uzoq muddatli rejalashtirish yer resurslaridan
foydalanish va ularni muhofaza qilish bosh chizmalarini tuzishda ko‘proq ishlatiladi. Yer tuzish
chizmalari rejalashtirish va yer tuzishni loyihalash usullaridan keng foydalanishga asoslanadi. Yer
tuzish loyihalarida xo‘jalik rivojlanishi ko‘rsatkichlarini hududiy asoslash va tabaqalashtirish amalga
oshiriladi; tabiiyki, bu bosqichda loyihalash usullari ko‘proq ishlatiladi.
Yer tuzish hujjatlari yer tuzish tizimini joriy etishning ma’lum bosqichlarini o‘zida aks ettiradi. Ular mustaqil ishlanishiga qaramasdan, undagi yechimlar ko‘rilayotgan ob’ekt, amalga oshirilish muddatlari, aniqlik darajasi bilan o‘zaro bog‘lanadi (2 jadval). Sanab o‘tilgan chizmalardan tashqari, umumdavlat va mintaqaviy darajalarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bashoratlari va dasturlari ham ishlanadi. VII BOB YER TUZISH TIZIMI.