4. Yer tuzish samaradorligi va uni iqtisodiy asoslash Yer tuzish nazariyasi nuqtai nazaridan uning jamiyatdagi o‘rnini va ahamiyatini aniqlash uchun
uning samaradorligini aniqlash, yerdan oqilona foydalanishni tashkil etish bo‘yicha tadbirlarni
iqtisodiy asoslash katta ahamiyatga ega.
Yer tuzish yordamida ishlab chiqarishning asosiy omillari - yer, mehnat va kapital orasida son
va sifat jihatdan mutanosiblik, balanslanganlik ta’minlanadi, ularning o‘zaro bog‘langan holda
tashkil etilishi amalga oshiriladi. U yoki bu tadbirlarning foydaliligi jamoa ishlab chiqarishi
rivojlanishi va tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq baholanadi. Shu sababli, yer tuzishning
ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy samaradorliklari ajratib ko‘rsatiladi.
Ekologik samaradorlik melioratsiya, buzilgan yerlarni rekultivatsiyalash, tuproqlarni
eroziyadan himoya qilish, har xil tabiatni muxofaza qilish choralari va sh.o‘. hisobiga erishiladigan
atrof muhit ahvolini yaxshilash va tabiiy resurslarni kengaytirilgan qayta tiklash bilan ifodalanadi.
Yer tuzishning iqtisodiy samaradorligi mahsulot chiqishining ko‘payishi, ishlovchilar daromadlarining va ishlab chiqarish tarkibini va uning hududiy joylashishini optimallash, yer Tuman yer tuzish chizmalaridan yerlarni qishloq xo‘jaligi uchun o‘zlashtirish, trasformatsiyalash va yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish; noqishloq xo‘jalik foydalanuvchilarga yerlarni ajratishni asoslash; fermer xo‘jaliklari yerdan foydalanishlarini, shirkatlar yer egaliklarini va sh.o‘. tashkil etish; eroziyaga qarshi va tabiatni muhofaza qiluvchi choralarni amalga oshirish; xo‘jaliklar va birlashmalarning rivojlanish dasturlariga ularga biriktirilgan yerlarning sifati va joylashgan o‘rnini