3. Yer tuzishning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish kelajagi bilan aloqasi Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonini boshlash uchun uning asosiy omillari - ishchi
kuchi, yer, asosiy va aylanma fondlarni qo‘shish zarur. Shuning uchun ishlab chiqarishni tashkil etish
(ayniqsa qishloq xo‘jaligida) va yerdan foydalanish masalalari bir-birlari bilan qalin bog‘langan.
Masalan, qishloq xo‘jalik ekinlari maydonlarini, almashlab ekishlarni, dehqonchilik tizimining
boshqa elementlarini joylashtirish, yerning sifatini, xo‘jalik xududida haydalma yerlar massivlarining
joylashishini hisobga olmasdan amalga oshirilishi mumkin emas. Chorvachilik fermalari yaylovlar
va pichanzorlarning mavjudligi, ahvoli va mahsuldorligini hisobga olib joylashtiriladi, xo‘jalik
markazlarini mahsulot ishlab chiqariladigan joylarga yaqinlatish maqsadga muvofiq va sh.o‘.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida yer tuzish albatta ishlab chiqarishni kelajakka rejalashtirish va tashkil etish bilan bog‘lanadi. Kelajak rejalari barcha korxonalarda (fermer xo‘jaliklarida ham) tuziladi; ular korxonalarning u
yoki bu davrdagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini aniqlaydi va mavjud
Yo‘llarning yo‘qligida yoki yomon holatida aholi yashash joylari, ishlab chiqarish markazlari, haydalma yerlar va ozuqa olinadigan yerlar orasidagi aloqa qiyinlashadi. Ishga borib kelish uchun sarflanadigan vaqt ancha uzayadi. Bor ma’lumotlar bo‘yicha, mahsulotlarni yo‘lsiz joylardan tashishda don isrofgarchiligi 3 tonnalik mashinada 1 km yo‘lga 10-20 kg, qutilarga joylashtirilgan pomidorniki 3,5 %, yalpi sabzavotniki - 0,5 % tashkil etadi. Uzoq yaylovlarga haydalganda sigirlardan sog‘ib olinadigan sut 1 km yo‘lga 30-50 g kamayadi.
56
vositalar bilan bog‘lanadi. Bularsiz ishni oqilona tashkil etish, resurslarni to‘g‘ri taqsimlash, ish
vaqtidan maksimal unumli foydalanish mumkin emas.