55
to‘g‘ri keladi. Yer tuzishda yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning yangi shakllaridan foydalanib
yerda mustaqil xo‘jalik yuritishni xoxlavchi brigadalar,
jamoalar, oilalar, fuqarolar soni va
ixtisosliklari belgilanadi.
Qishloqda iqtisodiy va ijtimoiy infratizimning keyingi rivojlanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l
tarmog‘i ahvoliga bog‘liq bo‘ladi. Transportni tashkil etish qishloq aholisi uchun katta ahamiyatga
ega, sababi, yerning ishlab chiqarish vositasi sifatida yo‘qotish mumkin bo‘lmagan o‘ziga xos
xususiyati hududiy tarqoqlik va o‘rnining doimiyligi hisoblanadi. Yer massivlariga ishchi kuchini,
texnikani, o‘g‘itlarni har xil materiallarni olib borish kerak. Buning ustiga qishloq xo‘jaligi
yerlarining asosiy qismi hamda ijtimoiy soha ob’ektlari qishloqlardan ancha uzoqda, piyoda borish
qiyin bo‘lgan masofalarda joylashgan bo‘ladi.
Shunday qilib, yer tuzishda, albatta, tarkib topgan transport aloqalarini qattiq qoplamali yo‘llar
mavjudligi va uzunligini, dala yo‘llari tarmog‘i joylashishini, asosiy
aholi yashash joylarigacha,
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish joylarigacha, yer turlari va almashlab ekishlargacha
masofalarni, yuk aylanishining asosiy oqimlarini hisobga olish kerak. Yer tuzish loyihalarida hamma
vaqt yerdan foydalanishdagi kamchiliklarni (yer uchastkalari joylashishidagi noqulayliklar) tugatish
yo‘li bilan yurishlar va o‘tishlar, yuklarni tashish masofalarini qisqartirishga harakat qilinadi,
birinchi navbatda mahalliy ahamiyatga ega yo‘llarni qurish ko‘zda tutiladi.
Dala shiyponlarini
joylashtirish o‘rmon polosalarini yaratish (mevali, rezavor va boshqa daraxtlarni qo‘shib)
botqoqlashgan va ortiqcha namlangan uchastkalarni quritish, suv omborlarini qurish, jarliklarni va
noqulay yerlarni daraxtlar bilan qoplash ham loyihalanadi; sog‘lomlashtiruvchi va estetik
ahamiyatga ega madaniy landshaftlarni yaratish va yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Yer tuzish uchun ahamiyatli iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni o‘rganish, loyihani tuzishga
tayyorgarlik bosqichida amalga oshiriladi. Bunda, albatta, yer egalari
va yerdan foydalanuvchilar
istaklari hisobga olinadi. Izlanishlar natijalari yer tuzish tayyorgarligi materiallarida, hududda dala
yer tuzish o‘rganishlari dalolatnomalari va chizmalarida aks ettiriladi, loyihalash uchun topshiriq
ishlashda hisobga olinadi. Bu materiallarning ruyxati va mazmuni yer tuzish ishlarining turlari va
hajmiga qarab farq qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: