48
Qishloq xo‘jaligida tabiiy o‘simliklar ko‘plab hayotiy zarur vazifalarni bajarishadi - ular mollar
uchun yashil va dag‘al ozuqa manbaasi, tuproqlarning agrofizik xususiyatlarini yaxshilash, chirindi
to‘plash, mikrobiologik jarayonlarni faollashtirish yo‘li bilan yerlarning unumdorligini oshirish
vositasi; yerlarni
eroziyadan himoyalashning, sho‘rlanish va tuproqlar ifloslanishini to‘xtatib
turuvchi yetakchi omili hisoblanadi.
Yerlar unumdorligini oshirish bo‘yicha choralar majmuida ahamiyatli o‘rin ko‘p yillik o‘tlarni
ekishga ajratiladi, ular mamlakatning barcha mintaqalarida amaliy jihatdan tuproqlarni yaxshilaydi,
ularda organik moddalar zaxiralarini to‘ldiradi, sanitarlik vazifalarini bajaradi. Chorvachilik
fermalaridan uzoqda joylashgan almashlab ekishlarda ular yerlarning
unumdorligini saqlab
turishning asosiy vositasi hisoblanishadi.
Tabiiy o‘simliklar hududni tashkil etishning samarali elementi,
suv va shamol eroziyalariga
qarshi eng arzon va ishonchli vosita (ekinlarni polosa-polosa qilib joylashtirish, o‘tloqlashtirish,
kulislar ekish va sh.o‘.) bo‘lib xizmat kiladi. O‘tlarni to‘g‘ri tanlash bilan sho‘rlangan
va boshqa
unumdorligi pasaygan yerlarni sezilarli darajada yaxshilash mumkin.
Dostları ilə paylaş: