9
Yer tuzish - bu mamlakat xo‘jalik mexanizmining tarkibiy qismidir. Uning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: * yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning oqilona tizimini yaratish va takomillashtirish; * barcha shakldagi yer egaliklari, yerdan foydalani щ lar va yerda xo‘jalik yuritishlarning rivojlanishlari uchun teng hududiy sharoit yaratish; * mulk qilib, egalik qilishga va foydalanishga berilgan yerlardan foydalanish tartibini va sharoitlarni belgilash bo‘yicha tavsiyalar ishlash; * yer solig‘i va yer uchun ijara haqini belgilash, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish ziyonlarini va yer egaliklari hamda yerdan foydalanishlarning yerlarni olishdagi zararlarini belgilash uchun ma’lumotlar tayyorlash; * yer tuzishda belgilangan chegaralarning joylarda belgilanishi aniqligini va so‘zsiz tan olinishini ta’minlash;