O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


I bob  Yer tuzish tushunchasi, mazmuni va vazifalari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Yer tuzish

I bob 
Yer tuzish tushunchasi, mazmuni va vazifalari. 
1. Yer tuzish ta’rifi. 



agrarnom fronte, 1925-y. 
№ 5
-6. 42-43-b.). U vaqtdagi yer tuzish faqat xo‘jaliklararo (qishloqlar 
orasida va qishloqlar ichida) edi. 
Biroq keyinchalik, uning harakat doirasiga yangi prinsipial masalalar qo‘shiladi. Masalan, 
1928-y. dekabrida qabul qilingan «Yerdan foydalanish va yer tuzishning umumiy boshlanishi 
to‘g‘risida»gi hujjatda «yer tuzish ko‘p polosalikka uzoq yerlarga va boshqa yerdan foydalanishdagi 
kamchiliklarga qarshi kurashishga, yaxshilangan almashlab ekishlarga o‘tishga, yerlarni tubdan 
yaxshilashga, yerlarni xo‘jalik uchun o‘zlashtirishga yordam berishi kerak» deb aytilgan edi. Bu 
vazifalarini bajarish uchun bitta xo‘jaliklararo yer tuzish va uning usullari endi yetarlik emas edi. 
Chegaralari belgilangan va turg‘un bo‘lgan yerdan foydalanishlar ichida yerdan foydalanishni 
yaxshilash va tashkil etish bo‘yicha harakatlar zarur edi. Shunday qilib, qishloq xo‘jalik 
korxonalarida (kolxozlar va sovxozlar) xo‘jaliklarda ichki yer tuzish paydo bo‘ldi. Uning mazmuni, 
asosan, 30-chi yillardayoq aniqlandi. Urushdan keyingi yillarda esa yanada rivojlantirildi. Uning 
usullarini ishlashga ham asosan olimlar va amaliyotchilar e’tibori qaratildi.
Yer tuzuvchilarga ayniqsa qishloq xo‘jaligida, ma’lum korxonalar hududida yerdan 
foydalanishni tashkil etishga bog‘liq yanayam kengroq doiradagi masalalarni yechishga to‘g‘ri keldi. 
Har bir yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi, o‘lchamlari, shakli, oqilona joylashishi aniqlandi. 
Yerlarning unumdorligini, yer turlarining mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarishning tashkil 
etilishini, texnikadan foydalanishni yaxshilash uchun hududiy sharoitlar yaratildi. To‘g‘ri almashlab 
ekishlarning dehqonchilik ma’daniyatini ko‘tarishning ahamiyatli vositasi sifatida joriy etilishiga va 
o‘zlashtirilishiga katta e’tibor berildi. Xo‘jaliklarda ichki yer tuzishning bu masalalari hozirgi vaqtda 
ham rivojlanishni davom ettirmoqda.
Keyingi ahamiyatli qadam deb hududni eroziyaga qarshi tashkil etishni, yer tuzish tarkibida va 
yechimlari asosida tuproq eroziyasiga qarshi kurash bo‘yicha tadbirlar majmuasini ishlashni 
hisoblash mumkin. Shunday qilib, yer tuzish yerning tabiiy xususiyatlarini o‘zgartirish va yaxshilash 
masalalarini to‘la hajmda yecha boshladi va iqtisodiy, huquqiy, texnik xarakterdagi ishlar 
chegarasidan ancha uzoqqa chiqdi. 
O‘tgan asrning 70-80-chi yillari yana bitta o‘zgarish jarayoni - yer tuzish ob’ektlarining 
hududiy kengayishi, ayrim yerdan foydalanishlar va ularning uncha katta bo‘lmagan guruhlaridan 
ma’muriy tuman, tuman agrosanoat majmuasi, katta suv yig‘iladigan havza va sh.o‘. kabi keng 
hududiy tizimlarga o‘tish kuzatildi. Bu prinsipial yangi ishlar - viloyat va tumanlar yer tuzish 
chizmalarini ishlashni talab etdi; bu ishlar hozir ham davom etmoqda. 
Eng oxirgi vaqtda maxsus foydalanish tartibiga ega hududlarni joylashtirish va ularning 
chegaralarini belgilash bo‘yicha ishlar boshlandi; ularni landshaftli loyihalashga kiritish mumkin. 
Bunday ishlarning zarurligi qonunlarda ko‘rsatildi. 
Yer tuzish rivojlanish jarayonida o‘z vazifalari doirasini kengaytirib, oldin o‘zlashtirilgan 
usullarni tashlab yubormadi, balki, ulardan foydalanishni yuqoriroq darajada davom ettirdi. Masalan, 
30-chi yillardagi qishloq xo‘jalik artellariga yerdan muddatsiz foydalanish uchun davlat aktlarini 
berish bo‘yicha ishlar ko‘p jihatdan oldingi chegaralashni, lekin bir vaqtda yerdan foydalanishdagi 
kamchiliklarni tugatish bilan birga, esga soladi. Texnik jihatdan bu 20-chi yillarda amalga 
oshirilganlariga o‘xshash, lekin ular endi mayda emas balki yirik yerdan foydalanishlarga tegishli 
ishlar edi.
Yer tuzishning zamonaviy ta’rifini berishdan oldin yerdan foydalanishni tashkil etish 
tushunchasini ko‘rib chiqish zarur, u ham asosiylardan biri hisoblanadi. Uning asosiy belgilarini 
ko‘rib chiqamiz. 
Yerdan foydalanishni tashkil etish o‘zida avvalo, undan bevosita foydalanishdan oldingi, uning 
xarakterini oldindan aniqlovchi va shakllantiruvchi, buning uchun zarur sharoitlarni yaratuvchi 
(bunday ishlarga, xususan, rejalashtirish va loyihalash kiradi) barcha ishlarni mujassamlashtiradi. 
Bundan tashqari yerdan foydalanishni tashkil etish deganda uni amalga oshirishning harakatdagi 
tizimi ham tushiniladi. Umuman bunday tashkil etish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin