85
Bunday sharoitlarda avtotransport korxonasi texnika xizmatining tarkibi
boshqarishning yangi shakllariga o‘tishi bilan o‘zgaradi. Kichik va o‘rta
avtomobil
transporti korxonalari uchun texnika xizmatining tarkibi quyidagi asosiy
majmualardan tashkil topadi:
Tashxis majmuasi
- avtomobilni, agregat va uzellarni tashxis qiladi;
TXK majmuasi
- texnik xizmat ko‘rsatish, reglament va qo‘shimcha
ishlarni
bajaradi;
JT majmuasi
- joriy ta`mirlash ishlarini bajaradi;
Ta`mirlash ustaxonalari majmuasi
- ta`mirlash ustaxonalarida avtomobillardan
echilgan agregat va uzellarni ta`mirlaydi;
Tayyorlash majmuasi
- ishlab chiqarishni tayyorlash majmuasi meterial texnika
ta`minoti, agregatlarning nuqsonlarini aniqlash, mukammal ta`mirlashni tashkil
qiladi, aylanma agregatlar jamg‘armasini tashkil etadi.
Quyida texnika xizmati tarkiblarining ba‘zi variantlari bilan tanishib chiqamiz.
86
50 tagacha avtomobillarga ega bo‘lgan avtotransport
korxonasi texnika
xizmatining tashkiliy ishlab chiqarish tuzilmasi quyidagi xizmat va bo‘linmalardan
tashkil topishi tavsiya etiladi (2.2.-rasm).
50 dan 100 tagacha avtomobillari bo‘lgan avtotransport korxonasi texnika
xizmatining tuzilmasi quyidagi ishlab chiqarish majmualarini ko‘zda tutadi. Bu
majmualar har biri qator funksiyalarni bajaradi: 1-TXK, 2-TXK, JT, agregat, uzel,
detallarni ta`mirlash va hakazo (2.3-rasm).
2.2-rasm. 50 tagacha avtomobillarga ega ATK texnika xizmatining
tuzilmasi.
87
150 - 200 avtomobillarga ega bo‘lgan avtotransport
korxonasi texnika-
xizmatining ishlab chiqarish tuzilmasini quyidagi shaklda keltiramiz (2.4-rasm).
2.3-rasm. 50 dan 100 tagacha avtomobillarga ega ATK texnika xizmatining
tuzilmasi.
88
Bunday ATK larda kunlik xizmat ko‘rsatish ishlari hamma harakat vositalariga
alohida maxsus guruh tomonidan bajariladi. 1-TXK, 2-TXK,
JT ishlari ham alohida
guruhlar tomonidan bajariladi. Ustaxonalarda ham ishlar alohida guruhlar tomonidan
bajariladi. Ayrim hollarda ba‘zi ishlar birlashtiriladi.
200 va undan ortiq avtomobillarga ega ATK larida ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirish uchun sharoitlar yaratiladi.
2.4-rasm. 150 - 200 avtomobillarga ega ATK texnika xizmatining tuzilmasi.